“Parvoz Xumo Ravnaq Trans” organik paxta ishlab chiqaradigan xalqaro tan olingan korxonalardan biriga aylandi

Niderlandiyaning sertifikat beruvchi “Control Union” korxonasi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi qoshidagi “Textile Standard Services” korxonasi bilan hamkorlikda “ Parvoz Xumo Ravnaq Trans ” korxonasida GOTS (The Global Organic Textile Standard) organik toʻqimachilik uchun jahon standartini joriy etish boʻyicha ishlar olib bordi. GOTS- xom ashyo yigʻishdan boshlab tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonda toʻqimachilik mahsulotlarining organik usulda ekologik-va ijtimoiy talablarga…

Olmazor yengil sanoat kollejida 25-avgust 2021-yilda “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi yoʻnalishi boʻyicha avgust seminar kengashi” oʻtkazildi.

Seminar kengashda 2021/2022 oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrish, professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan oʻquv-meʼyoriy hujjatlari bilan tanishtirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy yetish masalalari koʻrib chiqildi. Ushbu seminar yigʻilishida “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi Kadrlar va taʼlim muassasalari bilan ishlash…

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida Navoiy shahrida “JANUB SANOAT MONTAJ” aksiyadorlik jamiyati negizida 350 oʻrinli tikuv sexi oʻz faoliyatini  boshlaydi

Maʼlumki, mazkur jamiyat myetallokonstruksilar ishlab chiqarish  borasida nafaqat Navoiy viloyati, balki respublikamizdagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Yillik quvvati 10 000 tonnadan ortiq  turli hajm va qalinlikdagi metall-konstruksiyalarni yasash va oʻrnatish imkoniga ega boʻlgan mazkur korxonada bugungi  kunga kelib sendvich panellari  hamda temir beton mahsulotlari ham ishlab chiqarilib, muntazam ravishda oʻz buyurtma chilariga yetkazib berilmoqda. Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida yana…

Fargʻona tumanidagi “Bahodir Logʻon” paxta-toʻqimachilik klasteri bugungi kunda yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Qishloq xoʻjaligi sohasida klaster usulining joriy etilgani bugun katta samara berishni boshladi. Muhimi, xom ashyoni chuqur qayta ishlab, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulot tayyorlash va uni eksport qilishdan katta daromad olinishiga erishilyapti. Xususan, Fargʻona viloyatida 12 ta paxtachilik-toʻqimachilik klasterlari faoliyat koʻrsatmoqda. “Bahodir Logʻon” paxta-toʻqimachilik klasteri jadal rivojlanayotgan boʻlib, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarin bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilmoqda.…

“Nafosat” festivali Xatirchi tumanida davom etdi

O’zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusi bilan “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi, “Yosh dizaynerlar” kengashi, Navoiy viloyat hokimligi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Navoiy viloyatida aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Nafosat” festivali o’tkazilmoqda. Xususan, Xatirchi tumanidagi Madaniyat markazida bo’lib o’tgan hunarmandlar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda…

Andijondagi klaster maʼmuriyati tomonidan 90 nafar yoshga 10 sotixdan yer ajratib berildi

Andijon viloyati Boʻston tumanidagi “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta toʻqimachilik klasteri maʼmuriyati tomonidan ishsiz yoshlarning 90 nafariga 10 sotixdan yer ajratib berildi. Mazkur qishloq xoʻjalik klasteri tasarrufidagi Boʻston tumanining Ulugʻbek massivida joylashgan 27-boʻlimning 9 gektarlik ekin maydoni tumandagi Maorif, Koʻhinur, Mustaqillikning 15 yilligi va Gʻolib mahalla fuqarolari yigʻinlarining “Temir daftari” roʻyxatida turgan ehtiyojmand oilalarning 30…

Navoiyda “Nafosat – 2021” festivali boshlandi

“Yoshlar markazi”da Navoiy shahridagi dizaynerlar va hunarmandlar tomonidan yaratilgan milliy liboslar koʻrgazmasi tashkil etildi. Navoiy viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taminlash komissiyasi tashabbusi bilan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Yosh dizaynerlar” kengashi va Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida viloyatda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyatini yana-da keng targʻib etishga qaratilgan 3 kunlik “Nafosat –…

Prezident 2021 yilgi davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Mazkur davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18–28 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. Muhokamalar doirasida farmon loyihasi mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda…

Qoraqalpog’iston Respublikasida “Nafosat” festivali bo’lib o’tdi

Qoraqalpog’iston Respublikasida aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida kiyinish madaniyati targ’ibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat” festivali o’tkazildi. Ushbu festivalь bugunga qadar bir necha viloyatlarda va tumanlarda o’tkazilib, hududlardagi yuzlab iste’dodli dizaynerlar va yoshlarni bir necha kunga bo’lsada birlashib o’zaro fikr almashishlariga sharoit yaratdi. “Nafosat” festivali, aholi, ayniqsa, yoshlar, tadbirkorlik, dizaynerlik sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, chet ellik…

Ip-kalava eksportiga cheklov oʻrnatilishi mumkin(mi)?

Shu kunlarda toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan ichki bozorda ip kalavaga boʻlgan talab oʻsib borayotgani va narxlar xam mutanosib ravishda oshishi haqida bahslar bormoqda. Ushbu vaziyatni toʻliq nazorat qilish va eksport kontraktlarini oʻz vaqtida amalga oshirish masalalari joriy yilning 20-yanvar kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va yirik tarmoq korxonalari ishtirokida boʻlib utgan onlayn uchrashuvda muhokama qilindi. Uchrashuvda Uyushma…