7-oktyabr – Xalqaro paxta kuni

Har yili 7-oktyabr kunini Xalqaro paxta kuni sifatida keng nishonlash anʼanaga aylanib bormoqda. Shu kunda oʻtkaziladigan tadbirlar paxtachilikni, paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, sohada oʻtkaziladigan tadqiqotlar va ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash, sohada xalqaro hamkorlikni takomillashtirish va boshqa amaliy choralarni belgilashga qaratilgan. 2019-yilning 7-oktyabrida Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) kotibiyatlari bilan…

Oʻzbekistonda transformer paxta terish mashinasi chiqarilmoqda

10-sentyabr kuni “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJda CNHI (AQSH) kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan TZST CE 220 paxta terish mashinasi OAV vakillariga namoyish etildi. Mazkur CE 220 paxta terish mashinasi transformer shaklida ishlab chiqarilayotgan boʻlib, kuzgi mavsumda paxta terishga ixtisoslashadi, qolgan vaqtda universal-haydov traktori sifatida foydalanish imkonini beradi. Ushbu yangi avlod paxta terish mashinasi ish…

Sirdaryoning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida toʻqimachilik sanoati korxonalari ishga tushirilmoqda

Sirdaryo viloyatida suv toshqini oqibatida talofat koʻrgan tumanlarda yangi toʻqimachilik sanoati korxonalari ish boshlash arafasida. Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yirik toʻqimachilik va tikuv-trikotaj loyihalarini foydalanishga topshirish orqali mazkur hudud aholisini yana-da qoʻllab-quvvatlash, ularni doimiy ish bilan bandligini taʼminlashga hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirilishiga imkon beradi. Xususan, Sardoba tumanida “Sardoba Oqsaroy Tekstil” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 5,0 mln.dollar…

Bekobodda hosilni nes-nobud qilmasdan terib olish belgilandi

Bekobod tumani 2020-yil paxta hosili uchun 243 ta fermer xoʻjaliklari hamda APK Bekobod UK klasteri bilan birgalikda 12000 gektar yer maydoniga paxta ekilgan boʻlib, 36300 tonna hosil yigʻib olish rejalashtirilgan. Fermer xoʻjaliklari va APK Bekobod UK klasteri paxta maydonlarida yetishtirilgan hosil tajribali mutaxasisislar tamonidan aprobatsiya, yaʼni hosil miqdori aniqlandi. Mutaxasislar xulosasiga koʻra, 96 ta fermer…

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining Mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga tuhfasi

Mustaqilligimizning 29 yilligi bayrami arafasida 6 ta toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari foydalanishga topshirilishi natijasida 2700 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Bugungi kunda respublikaning deyarli barcha hududlarida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi quvvatlari yaratilmoqda. Ushbu tashkil etilayotgan korxonalar Mustaqilligimizning 29 yilligi bayrami arafasida ishga tushirilishi yurtdoshlarimiz uchun bayram tuhfalaridan biri boʻldi. Jumladan,…

Angliyaning yuqori sudi oʻzbek paxtasini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga qarshi daʼvoni rad etdi

Oxirgi uch yilda amalga oshirilgan paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi kurashga qaratilgan ilgʻor islohotlar manzarasida, oʻtgan oyda Angliyaning yuqori sudi oʻzbek paxtasini Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga import qilishga taʼsir etishi mumkin boʻlgan xalqaro savdo bilan bogʻliq masalani sud tartibida qayta koʻrib chiqish haqidagi 2019-yildagi daʼvoni rad etdi. Sudya Jeyms Xolmenning 2020-yil 23-iyuldagi qarori…

Oliy Majlis Senati aʼzosi Buxoro viloyatidagi shifoxonalarga 100 dona kislorod konsentratori olib berdi

Shifoxonalarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun zarur kislorodli konsentratorlarga talab oshdi. Oliy Majlis Senati aʼzosi Nurmuhammad Ochilov xayrli ish tashabbuskori boʻldi. N. Ochilov Xitoydan 100 dona kislorodli konsentrator xarid qilib, ularni Gʻijduvon, Olot, Jondor, Vobkent, Shofirkon tuman va Kogon shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga yetkazishga bosh-qosh boʻldi. — Kasallikka chalingan…

Dunyodagi eng qimmat tibbiy niqobning bahosi qancha?

Isroillik zargarlar oq va qora javohirlar bilan bezatilgan oq oltindan dunyodagi eng qimmat tibbiy niqobni yaratish ustida ishlashmoqda. U taxminan 1,5 million dollarga baholanmoqda, deya xabar berdi “Haaretz” nashri. “18 qirotli oq oltindan yasalgan niqob 3600 ta oq va qora javohirlar bilan bezatiladi hamda buyurtmachining xohishiga qarab oliy sifatli N99 filtri bilan jihozlanadi”, — dedi zargarlik firmasi xoʻjayini…

Kitob oʻqish uchun 10 ta sabab yoki “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasida tashkil etilgan kutubxona haqida

Odamzod paydo boʻlibdiki ilm olish va yangilik yaratishga intilib kelgan. Avval toshlarga, soʻngra turli terilar va qogʻozga oʻrganganlarini muhrlagan. Alisher Navoiy «Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai», deya taʼkidlagan boʻlsa, Amir Temur «Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni oʻrgatuvchi murabbiydir», deya uqtirgan. Koʻp kitob oʻqigan odam tafakkur…

Sanoat korxonalari uchun gigiyena, infeksiya va uning oldini olish boʻyicha qoʻllanma loyihalar ishlab chiqildi

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotiga aʼzo davlatlarning tajribalarini oʻrganib chiqqan holda bir qator qoʻllanma loyihalari ishlab chiqildi. O’z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Turistik industriya ob’ektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir tavsiyalar O’z DSt 37.____ :2020  Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Sanoat korxonalari uchun gigiena, infeksiya va uni oldini…