Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar

Maʼlumki, 2020-yil 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan murojaatnomasida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir strategik maqsadlar qamrab olingan boʻlib, uzoq muddatli ustuvor vazifalar taʼkidlab oʻtildi. Murojaatnomaning asl mazmun-mohiyatini “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tizimi rahbar va xodimlariga toʻliq yetkazish yetkazish maqsadida oʻquv-seminari tashkil etildi. Seminarda Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiyani instituti dekani Umarov Jamshid Hasanovich tomonidan…

“Fratelli Casa” brendi asoschisi Shuhrat Qayumov bilan intervyu

— “Fratelli Casa” hozirda butun Oʻzbekistonda ommabop oʻzgacha uslubda va alohida dizaynga xos yoshlar uchun trend hisoblangan brend hisoblanadi. Qisqa vaqt ichida ushbu brend oʻz isteʼmolchisini topishga ulgurdi. Korxonaning tashkil etilish tarixi qanday kechgan? “Fratelli Casa” brendi shu darajaga erishguncha nimalardan oʻtdi? — Brendimiz 2006-yili tashkil etilgan. 3 yil faqat buyurtma asosida ishlab kelganmiz. 2009-yilda…

“Nafosat” festivali Xivada

Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash komissiyasi tashabbusiga binoan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Yosh dizaynerlar Kengashi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yilning 14-16-yanvar kunlari Xiva shahrida aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyatini yana-da rivojlantirishga qaratilgan “Nafosat” festivali oʻtkazilmoqda. Xususan, ijtimoiy hayotda ayollarning oʻrni ortib borgan sari ularning kiyinishiga, tashqi…

“Nafosat” festivali doirasida davra suhbati oʻtkazildi

Bugun, 12-yanvar kuni “Nafosat” festivali doirasida yosh dizaynerlar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyati targʻibotini tashkil etishga qaratilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari, soha mutaxassislari va yosh dizaynerlar soʻzga chiqdi. Tadbirda yetakchi oʻzbek brendlari, kiyinish madaniyatini milliy qadriyatlarimiz…

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida joylashgan toʻqimachilik korxonalari faoliyati oʻrganilmoqda.

Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “OQTOSH TEKSTIL” MCHJ tomonidan yillik quvvati 3,2 ming tonna momiq sochiq va momiq xalat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etib, amaldagi quvvatlarni 5,3 ming tonnaga yetkazish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunga qadar loyiha tashabbuskorining 3,5 mln.dollar oʻz mablagʻlari hisobidan kommunikatsiya tarmoqlari tortilib, toʻquvchilik, tikuvchilik va omborxona binolari qurib…

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-13-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 14-17-dekabr kunlari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi. Tashrif davomida “LT International Textile”, “Qarshi Terminal”, “Cotton Road”, “Oqsaroy” va boshqa tadbirkorlik subyektlarida ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar, korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar oʻrganildi…

Zamonaviy tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushdi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eshonobod qishlogʻida zamonaviy tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushdi. Aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash orqali ularning turmush farovonligini oshirish “Obod qishloq” dasturining bosh maqsadlaridan biri. Endilikda qishloqda yashovchi chevarlar zamonaviy tikuv korxonalarida mehnat qilib, roʻzgʻoriga baraka kiritmoqda. Olis bir hududda markazdagidan aslo qolishmaydigan…

“Nafosat” festivalining ikkinchi bosqichi Namangan shahrida boʻlib oʻtdi

Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyati targʻibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat” festivalining ikkinchi bosqichi Namangan shahrida boʻlib oʻtdi. Festivalning soʻngi kunida soha mutaxassislari va Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Kostyum dizayni” yoʻnalishi talabalari, oʻqituvchilari bilan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar “Istiqlol tekstil dizayn”MCHJ va “Iftixor kiyim sanoat”MCHJ larga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi texnologiya,…

Prezident Urganchdagi texnoparkni borib ko‘rdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun Urganch shahridagi texnoparkda bo‘ldi. Hududlardagi «o‘sish nuqtalari»ni ishga solish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida barcha shahar va tumanlarda kichik sanoat zonalari, texnoparklar tashkil etilmoqda. «Urganch» texnoparki joriy yil may oyida foydalanishga topshirilgan edi. Qisqa vaqtda bu yerda ikkita korxona faoliyat boshladi. Ular kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi «Oq oltin mega tekstil»…

Matbuot anjumani: “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi oʻzbek toʻqimachilik brendlarini Yevropada qanday targʻib qilmoqchi?

Avval xabar berganimizdek, oʻtgan hafta bir guruh kinematograflar Toʻqimachilik sanoati va mahsulotlarini targʻib qiluvchi yangi reklama filmini suratga olish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Film Hermès, Vogue, Dior va Chanel uchun videofilmlarni suratga olayotgan yevropalik mutaxassislar guruhi tomonidan tayyorlanadi. Joriy yilning 9-noyabr kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Yevropada oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlari: yangi reklama filmi va…