Navbatdagi onlayn uchrashuv 2022 yilning 11 avgust kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I. Xaydarov va Braziliya to‘qimachiliksanoati uyushmasi direktori F. Pimentel o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, erishilgan natijalar va yaqin kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I. Xaydarov taqdimot o‘tkazdi.
Joriy yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Tashkent Textile Forum” forumi va “Uzbekistan Textile expo 2022” ko‘rgazmasida Braziliyadan mehmonlarni ko‘rishga umid bildirdi. Tashrif davomida kerakli maxalliy to‘qimalichik korxonalari raxbarlari va mutassadi tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etishda Uyushma tomonidan yordam kursatilishini aytdi.
O‘z navbatida, Braziliya to‘qimachiliksanoat uyushmasi vakili o‘z uyushmasi faoliyati va saloxiyati xaqidagi taqdimot namoyishidan so‘ng O‘zbekistondagi yangilanishlar va rivojlanish xaqidagi so‘zlab, iliq fikrlarini bildirdi hamda joriy yilning 3-4 noyabr oyida rejalashtiralayotgan “Abit 2022 International Conference” ga taklif qildi.
O‘rnatilgan aloqalar samarali bo‘lishi uchun “O‘ztuqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan raisning birinchi o‘rinbosari M. Sultanov va Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Sh. Kuchkarova, xorijiy tarafdan esa Xalqaro aloqa bilan shug‘ullanuvchi Lilian xonimlar belgilandi.
Natijada, xamkorlikni rivojlantirish va yanada samarali amalga oshirish uchun ikki tomon uchun foydali bo‘lgan taklif va tavsiyalar yuzasidan ma’lumotlarni, shuningdek, xamkorlikni yulga qo‘yish shartlari jamlangan taqdimotlarni bir-biriga taqdim qilinishiga kelishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




