2023 yil 12-13 iyun kunlari Jenevada xalqaro mehnat konferentsiyasining 111-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Uning davomida munosib mehnat sohasidagi ijtimoiy masalalar bo‘yicha bir nechta uchrashuvlar o‘tkazildi.
12 iyun kuni Senat raisi T. Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi va Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori J. Ungbo o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvda ijtimoiy adolatni va munosib mehnatning xalqaro ko‘rsatkichlarini ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqildi.
Xususan, 13 iyun kuni O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi (O‘IBK) ish beruvchilar ishchi guruhining yig‘ilishida, xususan, Xalqaro standartlarni qo‘llash bo‘yicha Komissiya, Ish beruvchilar tomonidan ishchilarni ijtimoiy himoyasini muhokama qilish bo‘yicha Komissiya ishida ishtirok etib, unda I. Haydarov O‘zbekiston ish beruvchilar hamjamiyati nomidan takliflar bildirdi:
- Ijtimoiy yo‘naltirilgan ish beruvchining imidjini targ‘ib qilish uchun XMT homiyligida mintaqaviy tadbirlarni tashkil etish.
- Mas’uliyatli biznes harakatini va ijtimoiy investitsiyalarni ommaviy targ‘ib qilish.
Bundan tashqari, Qo‘mita faoliyati doirasida Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, Bangladesh ish beruvchilar Federatsiyasi, shuningdek AQSh xalqaro biznes Kengashi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




