«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi qoshidagi “UzTextile Export” tashqi savdo kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga tashrif buyurib, tibbiy himoya vositalari yetkazib berildi.
Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barchamizni birlashishga va kasallikni keng tarqalishini oldini olishga undamoqda. Har bir fuqaro kasallikni tarqatilishi oldini olish uchun masofani saqlashi, niqob taqishi, gigiyena qoidalariga rioya qilishi, imkon bo‘lsa muhtojlarga yordam berishi va ularni moliyaviy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi zarur.
Ayni shu maqsadda Uyushma vakillari tomonidan Toshkent shahri Zangiota tumanida joylashgan 3-sonli ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasi va 1- sonli Respublika klinik shifoxonasiga tashrif buyurib, u yerdagi shifokorlar holidan xabar olindi, va ularga jami 2000 ta himoya kombinezoni, 2000 ta baxila va 4000 ta niqoblar xayriya tariqasidagi yetkazib berildi.Bunday xayriya aktsiyalari tarmoq korxonalari tomonidan muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




