Soha korxonalari rahbarlari diqqatiga!
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalarini yilning eng kutilgan tadbiri – ITMF konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi.
Har yili ITMF konferentsiyasi to‘qimachilik sanoati Policy makerlari, taniqli jahon brendlari va riteylerlar vakillarini jamlaydi.
Tadbirda AAFA, EURATEX, CNTAC, Indorama, Amazon, IKEA va boshqa global kompaniyalarning ma’ruzachilari tomonidan an’anaviy bo‘lgan uy to‘qimachiligi, tabiiy va sintetik tolalar, moda sanoati, shuningdek, raqamlashtirish, barqarorlik, sanoat 5.0 sohalari kabi mavzulari qamrab olinadi.
Bu yil “To‘qimachilik sanoatini shakllantiruvchi megatrendlar – raqamlashtirish va tsirkulyarlik” mavzusida konferentsiya 2023 yil 4- 6 noyabr kunlari Ipak yo‘lining madaniy ko‘prigi sifatida tanilgan Xitoyning to‘qimachilik shahri Kechao shahrida bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, siz 2023 yilgi merchendayzing bo‘yicha Butunjahon to‘qimachilik konferentsiyasida ishtirok etish imkoniyatini vo‘lga kiritasiz.
Bu siz uchun aloqalarni o‘rnatish va o‘zingizni tanitish uchun eng yaxshi imkoniyatdir.
Konferentsiyada ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish uchun “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga murojaat qiling.
☎️ T. 71 202 22 44 (189)
📱 M. 93 574 73 55
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




