2022 yil 1 fevral kuni Yaponiyaning « Masui Co Ltd » kompaniyasi vakili Buxoroga tashrifi doirasida “Haj Tex Group”, “Kamalak Shabnam Teks”, “Al-Hakim Plyus” korxonalariga tashrif buyurdi.
Yaponiya kompaniyasi vakili « Haj Tex Group » korxonasiga tashrifi chog‘ida eng zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan korxonaning, ishlab chiqarish quvvatlari va 1000 gektar maydonda organik paxta yetishtirish jarayoni bilan tanishdi. Haj Tex Group kompaniyasi Yaponiya bozoriga yuqori sifatli kalava-ip (yuqori sonli) hamda tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini sotishdan manfaatdorligini bildirdi. Masui Co Ltd O‘zbekistondan 1000 tonnaga yaqin kalava-ip va tayyor mahsulot import qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
« Haj Tex Group » Yaponiya bozori uchun yuqori (60) raqamli kalava iplarini tayyorlashni va bundan tashqari, « Haj Tex Group » o‘zining «Huja» brendi ostida tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda yapon mutaxassislari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Yaponiaylik vakilning « Kamalak Shabnam Teks »ga tashrifi chog‘ida 2020 yilda 13 gektar maydondagi sinov rejimida organik paxta yetishtirish haqida so‘z yuritildi. Dunyoda organik paxta va undan tayyorlanadigan mahsulotlarga talab ortib borayotgani munosabati bilan « Kamalak Shabnam Teks » joriy yilda ekin maydonlarini 400 gektarga yetkazishni rejalashtirgan.
Shuningdek, « Al-Hakim Plyus » korxonasiga tashrif buyurilib, unda Yaponiyaning choyshablarni import qilish rejasi muhokama qilindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




