Joriy yilning 3 mart kuni Latviya Respublikasidagi O‘zbekiston savdo uyi direktori Vladimir Galperin «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi binosida qabul qilindi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tekstil to‘qimachilik mahsulotlarini Boltiqbo‘yi va Yevropa ittifoqi davlatlariga eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston savdo uyi direktori V.Galperinning fikriga ko‘ra bugungi kunda Yevropa bozorlari, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga qiziqish va talablari yuqori ekanligini ta’kidlaydi. Shu munosabati bilan V.Galperin «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va memorandum imzolash taklifini berdi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan barcha tekstil to‘qimachilik mahsulotlarini Latviya Respublikasida ko‘rgazmalar, savdo ko‘rgazmalari, moda va boshqa turdagi ko‘rgazmalarni tashkil etilishida O‘zbekiston savdo uyi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilishida ko‘maklashishga o‘z yordamlarini berishini taklif etdi.
Shu bilan birga ishlab ishlab chiqaruvchilar uchun yangi Yevropa xaridorlari topilishida hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlariga kirib borishishida bugungi kunda muammolar yo‘qligini ma’lum qildi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan memorandum imzolanishiga va hamkorlikni amalga oshirilishida kelishib olinib, respublikada ishlab chiqaruvchi eksportyor korxonalari ro‘yxati taqdim etishga kelishib olindi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchi korxonalarga Riga shahridagi O‘zbekiston savdo uyi tomonidan muqobil takliflar va ishonchli sug‘urtalangan garovlar ostida ishlashni taklif etildi.
Ma’lumot uchun: Riga shahrida O‘zbekiston savdo uyining rasmiy ochilish marosimi 2021 yil 10 sentyabrda tashkil etilgan. Hozirda O‘zbekistonning qator eksportyor korxonalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan joriy yilning 24 yanvar kuni O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi reysi bilan S.umirzakov ko‘magida erishilgan shartnoma doirasida mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining birinchi qismi Latviyaga eksport qilingan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




