Ushbu kunlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZ birgalikda ta’minot zanjirlari va uning O‘zbekiston kompaniyalariga ta’siri to‘g‘risidagi Yevropa qonunchiligi haqida xabardorlikni oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazdi.
Seminarlar Toshkent va Farg‘ona shaharlarida o‘tkazilib, ularda uyushma xodimlari bilan bir qatorda 40dan oshiq korxonalar ham ishtirok etdi. Ulardan “Urban Style”, “Global Textile”, “Diva Tex”, “Navbahor Textile”, SCT, TCT, BCT, “Haj Textile”, “Indorama”, “Yustex”, “Chirchik Mega Business” kabi yirik korxonalar bilan birga “Sart Libos”, “Fabana Fashion”, “Shirintoy” va boshqa soha korxonalari ishtirok etdi.
Yuridik “Planco Consulting GmbH” konsalting kompaniyasi mutaxassislari Karolina Vegner va Anke Bussena seminar ishtirokchilariga Yevropa kompaniyalari va ularning yetkazib beruvchilariga mehnat va ekologik standartlarga qo‘yiladigan yangi talablarga rioya qilishga majbur qiluvchi Due Diligence bo‘yicha yangi qonunchiligini taqdim etdi.
Korxona xodimlari ushbu qonunchilik paxta yetishtirishdan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan har bir ishlab chiqarish jarayoniga qanday ta’sir etishi, qanday audit va tekshiruvlar o‘tkazilishi haqida bilib oldi. Mutaxassisilarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ushbu seminardan foydali ma’lumot olganligini ta’kidladi.
Yevropalik ishlab chiqaruvchilarning O‘zbekistonga manba markazi sifatida qiziqishi ortib borayotganini hisobga olsak, ushbu mavzu ishtirok etayotgan tomonlarning bilimlarini oshirish nuqtai nazaridan dolzarbdir.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




