🔹 «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan joriy yilning 🕑 1 mart kuni soat 14:00 da O‘zbekiston-Koreya to‘qimachilik texnoparki binosida «Xalqaro standartlarni joriy qilish va mahsulot eksportini oshirish» mavzusida tadbir tashkil etilmoqda.
Tadbirda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, «Uzstandart» agentligi rahbariyati, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, xalqaro sertifikatsiya kompaniyalari vakillari va to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari mas’ul xodimlari qatnashadi.
Ushbu tadbirni yoritish istagida bo‘lgan jurnalistlarni hamkorlikka chaqiramiz va Uyushma matbuot xizmati 99897.733-9419 raqami bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




