«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati Germaniyaning Amaliy Fanlar universiteti professori Marion Xalfman va TITLP vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda talabalarni to‘qimachilik sanoati uchun tayyorlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan, professor to‘qimachilik instituti talabalarini Germaniya universiteti dasturi doirasida o‘qishga yuborish, shuningdek, bo‘yash, loyihalash, paxtani birlamchi qayta ishlash va to‘qish kabi yo‘nalishlarda qisqa muddatli kurslar tashkil etish imkoniyati haqida taklif bilan chiqdi.
Amaliy Fanlar universiteti 1971 yilning 1 avgustda 8 ta oliy texnik ta’lim muassasalari, uchta muhandislik maktablar va kasb va san’at maktabi birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Unda 14 215 talabalar tahsil oladi va Germaniyada amaliy fanlarni o‘qitish bo‘yicha kuchli 10 ta yirik universitetlaridan biri hisoblanadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




