Hurmatli tadbirkorlar, zahmatkash ishchi va xizmatchilar!
Bugun Yangi O‘zbekiston tarixidagi muhim tashabbuslardan biri O‘zbekiston ish beruvchilari konfederatsiyasi tashkil etilgan kun.
Tashkil etilganiga 4 yil bo‘lganiga qaramay Konfederatsiya katta ishlarga qo‘l o‘rdi va Respublika ish beruvchilari manfaatlarini himoya qilish yo‘lida sezilarli natijalarga erishdi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Inson qadri va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash masalalariga katta e’tibor va urg‘u berilyapti va Konfederatsiya maqsadlarining tub zaminida insonning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va ifodalash tamoyillari yotibdi.
145 mingdan ortiq ishchi xizmatchilar manfaatlarini birlashtirgan Konfederatsiya o‘z faoliyati davomida, ijtimoiy muloqot doirasidagi mustahkam va barkamol sheriklik natijasi sifatida munosib mehnat sharoitlariga erishish bo‘yicha umumiy ishlarda, shuningdek, ixtisoslashgan maslahatlar jarayonida ishtirok etib kelmoqda.
Konfederatsiya paxta terimi monitoringi, majburiy mehnatni oldini olish masalasida «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi bilan faol dialog olib borishi, «paxta boykoti» bekor qilinishiga katta hissasini qo‘shganligi alohida e’tirof etmoqchiman. Shu bilan birgalikda, Konfederatsiya munosib mehnat tashabbusi doirasida Better Work, Decent work loyihalari bilan har tomonlama ish sharoitlarini yaxshilash, gender tenglik va yoshlarni qo‘llab quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamdagi ishlarni olib bormoqda.
Konfederatsiya yetakchi xalqaro tashkilotlar tomonidan ko‘llab-quvvatlanmoqda va bu demokratik davlat qurishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlandi.
Hurmatli ish beruvchilar!
Tashabbusimiz muvaffaqiyati shu bilan to‘xtab qolmasligi kerak, bu avvalo Siz va biz, hamda kelajak avlodning erkin va farovon yashashiga hamda inson qadri va munosib mehnat sharoitlarini yaratishga zamin yaratadi.
Barchangizga sog‘lik va salomatlik va kelgusi ishlaringizda zafarlar tilayman!
Hurmat bilan, Ilhom Haydarov
O‘zbekiston ish beruvchilari Konfederatsiyasi raisi
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




