O‘zbekistondagi eng yirik klasterlardan biri qanday faoliyat ko‘rsatmoqda

2023 yil 21 iyul kuni qishloq xo‘jaligi va paxtachilikda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga press-tur tashkil etildi. O‘zbekiston ko‘p asrlik agrar va to‘qimachilik tarixi va an’analariga ega, mamlakat aholisining asosiy qismi iqtisodiyotning ushbu tarmoqlarida band. “Indorama Group” kompaniyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib, 500 million dollardan ortiq…

Sirdaryo viloyati to‘qimachilik salohiyati OAV nigohida

200 ming tonnadan ortiq paxta yetishtiriladigan paxta dalalari bilan yaxshi tanilgan Sirdaryo viloyati respublika to‘qimachilik sanoatida o‘z o‘rniga ega.  Bu yerda Indorama, Poly Tex Sirdaryo, Oq Oltin, LT Textile Sirdaryo va boshqa yirik klasterlar mavjud. Shuningdek, viloyatda bir nechta yirik to‘qimachilik va tikuv- trikotaj fabrikalari ishga tushirilgan, ularning aksariyati allaqachon boshqa mamlakatlarga eksportni amalga oshirmoqdalar.…