Toshkent to‘qimachilik haftaligi tadbiroldi matbuot-anjumani

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati respublikada o‘sish suratlariga ko‘ra yetakchilar qatorida. Jumladan, xorijiy investorlarni jalb qilish, ish o‘rinlarini yaratish va mahsulot eksporti jixatidan strategik jihatdan muxim sanoatga aylandi. So‘ngi 5 yilda eksport ko‘rsatkichlarini 3.5 mlrd. doll. yetgan bo‘lsa, ayni damda ushbu ko‘rsatkichni 5.0 mlrd. dollarga yetkazish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Ushbu ko‘rsakichlarga erishishda mahalliy to‘qimachilik ishlab…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Wildberries o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyiha boshlanganini e’lon qildi

4 oktyabr, 2023 yil, Toshkent – bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Wildberries xalqaro onlayn platforma O‘zbekiston ishlab chiqarish korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma rejalari haqida e’lon qildi. Uyushma rahbariyati o‘z tabrik nutqida tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi va shu bilan birga onlayn platforma bilan hamkorlik ishlab chiqaruvchilarimizga MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishga…

To‘qimachilik, tikuvchilik va charm sanoati sohasida kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashining O‘quv markazi ochilishi bo‘lib o‘tdi

Sana / vaqt: 2023 yil, 26 sentyabr, soat 10:00-12:00 Manzil: “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining binosi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan GIZning “O‘zbekiston kasb – hunar ta’limi tizimini isloh va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash – TexVET“ loyihasi bilan birgalikda to‘qimachilik, kiyim-kechak va charm sanoatida kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Tarmoq Kengashining o‘quv markazi ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanining ochilishida…

Yangi turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish xajmlarini oshirish to‘qimachilik mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytiradi

2022 yil natijalariga ko‘ra to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 3.5 mlrd.dollarni tashkil qildi. So‘nggi besh yillik natijalar bilan taqqsolansa bu juda ham katta natija. Biroq, ayni damda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib kelgusida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 2 barobarga oshirish, va yillik 5 mlrd dollardan oshirish vazifasi tarmoq vakillarining asosiy maqsadiga aylangan. Albatta, yangi bozorlarga kirishda…

Kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi hududdagi iqtisodiy o‘sishning asosidir

Sirdaryo viloyatiga matbuot safari doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbarligidagi OAV vakillaridan iborat delegatsiya Guliston shahrida joylashgan «Neo Cotton» fabrikasiga ham tashrif buyurdi. Neo Cotton MCHJ – taniqli brend va yuqori sifatli va turli o‘lchamdagi, rangdagi va dizayndagi erkaklar, ayollar va bolalar paypoqlarini o‘z ichiga olgan keng assortimentdagi paypoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya top 5 paypoq eksportchilari…

O‘zbekistondagi eng yirik klasterlardan biri qanday faoliyat ko‘rsatmoqda

2023 yil 21 iyul kuni qishloq xo‘jaligi va paxtachilikda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga press-tur tashkil etildi. O‘zbekiston ko‘p asrlik agrar va to‘qimachilik tarixi va an’analariga ega, mamlakat aholisining asosiy qismi iqtisodiyotning ushbu tarmoqlarida band. “Indorama Group” kompaniyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib, 500 million dollardan ortiq…

Sirdaryo viloyati to‘qimachilik salohiyati OAV nigohida

200 ming tonnadan ortiq paxta yetishtiriladigan paxta dalalari bilan yaxshi tanilgan Sirdaryo viloyati respublika to‘qimachilik sanoatida o‘z o‘rniga ega.  Bu yerda Indorama, Poly Tex Sirdaryo, Oq Oltin, LT Textile Sirdaryo va boshqa yirik klasterlar mavjud. Shuningdek, viloyatda bir nechta yirik to‘qimachilik va tikuv- trikotaj fabrikalari ishga tushirilgan, ularning aksariyati allaqachon boshqa mamlakatlarga eksportni amalga oshirmoqdalar.…

To‘qimachilik sanoatining 2023 yilning 6 oyi yakunlari sarhisobi

To‘qimachilik sanoati Respublikamiz iqtisodiyotining jadal sur’atlarda rivojlanayotgan sanoat tarmog‘idir. Sanoat to‘qimachilik mahsulotlari eksporti, hududlarda yangi loyihalarni amalga oshirish, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish, aholi bandligini ta’minlash va ish o‘rinlarini yaratish, soliq va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashda yetakchilardan biri hisoblanadi. Ayni damda, to‘qimachilik sanoatida 12 000 ziyod korxona faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, ulardan 2 000 tasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi…

Ohangaronda 200 o‘rinli yangi korxona faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “2021-2022 yillarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4916-son qarori tasdiqlangan. Unga ko‘ra, qiymati 4,0 mln.dollar (bank kredit 3,8 mln.dollar, o‘z mablag‘i 0,2 mln.dollar) bo‘lgan to‘qimachilik majmuasini tashkil etish hamda 1000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Ohangaron tumanida joylashgan Sobiq Susam qishloq vrachlik punktining…

Raqamli to‘qimachilik: ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va ta’minot zanjiri kuzatuvchanligini ta’minlash

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining raqamli transformatsiyasini davom ettirmoqda. Bugun, 12 aprel kuni “Raqamli to‘qimachilik: ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va ta’minot zanjiri kuzatuvchanligini ta’minlash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni “Raqamli to‘qimachilik: IT yechimlari orqali to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish” forumida uyushma to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning raqamli strategiyasini va raqamli transformatsiyani ta’minlaydigan va barqaror tsirkulyar to‘qimachilik…