200 ming tonnadan ortiq paxta yetishtiriladigan paxta dalalari bilan yaxshi tanilgan Sirdaryo viloyati respublika to‘qimachilik sanoatida o‘z o‘rniga ega. Bu yerda Indorama, Poly Tex Sirdaryo, Oq Oltin, LT Textile Sirdaryo va boshqa yirik klasterlar mavjud. Shuningdek, viloyatda bir nechta yirik to‘qimachilik va tikuv- trikotaj fabrikalari ishga tushirilgan, ularning aksariyati allaqachon boshqa mamlakatlarga eksportni amalga oshirmoqdalar.
Masalan, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, eksport dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga qariyb 100 mln dollarni tashkil etdi va eksport qiluvchi korxonalar soni 40 taga yetdi. Hozirgi vaqtda eksport mahsuloti sifati ip-kalava hisoblansa, hududda tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishni ko‘paytirishga intilmoqda.
Press-tur doirasida jurnalistlar Indorama Agro va Neo Cotton ishlab chiqarish korxonalariga ham tashrif buyurishdi.
Press-tur doirasida jurnalistlar Indorama Agro va Neo Cotton misolida to‘qimachilik sektoridagi Klaster tizimining ishi, korxonalar xodimlari va ishchilari uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ip-kalava va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari bilan tanishishlari mumkin edi.
Umuman olganda, OAV vakillari ta’kidlaganidek, Sirdaryo viloyati to‘qimachilik sanoati viloyatda o‘zining yuqori navli paxtasi, ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalar va eng yaxshi uskunalar mavjudligini hisobga olgan holda yanada rivojlantirish, sarmoya kiritish, eksport hajmini oshirish uchun ulkan salohiyatga ega.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




