Kuni kecha Xitoyning Shaoxing Keqiao Textile City Overseas Market Promotion Association (SKTCOMPA) – 20 dan ortiq gazlama va mato ishlab chiqaruvchi korxonalari vakillari va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Aytish joizki, SKTCOMPA 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning eng yirik to‘qimachilik markazida Ketsyao shahrida joylashgan. Uning maqsadi – xitoylik to‘qimachilik kompaniyalarini ilgari surish va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda jahon bozorlarida o‘z a’zolari uchun turli tadbirlar uyushtirishdir.
Uchrashuv chog‘ida Xitoy tomoni so‘ngi yillarda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati rivojlanishida katta qadamlar qo‘yilganini ta’kidladilar. Shuningdek, Ketsyao shahri ishlab chiqaruvchilarning O‘zbekistonda xabini – markazini yaratish haqidagi rejalarini taqdim etdi.
Tomonlar 2023 yil 4-7 noyabr kunlari Xitoyda “Keqiao Textile Expo Autumn” ko‘rgazmasida o‘zbek korxonalari ishtirok etishiga kelishishdi va o‘z navbatida uyushma rahbariyati 29 may – 2 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent to‘qimachilik haftaligiga xitoylik hamkorlarini taklif qildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




