Joriy yilning 15 iyun kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati Germaniyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti GIZ va Amfori biznes-assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv onlayn shaklda o‘tkazildi.
Uchrashuv GIZning “Paxtachilik sanoatida barqaror rivojlanish va qo‘shimcha qiymatni oshirish” global dasturi va uning «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Eksportni jadallashtirish va moda sanoatida biznes-inkubatorni rivojlantirish” komponenti doirasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati, XMT vakillari, O‘zbekistonning BMTdagi inson huquqlari bo‘yicha vakili, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ, Amfori biznes assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida GIZ, Amfori va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi asosiy maqsadi, “Biznesning ijtimoiy standartlari tashabbusi” (BSCI), barqaror rivojlanish va “munosib mehnat” tamoillarini O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida qo‘llashning ahamiyati muhokama qilindi.
Tomonlar ta’kidlashlaricha, O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhiti, mehnat sharoitlari, shuningdek ma’muriy hisobdorlik va samaradorlikni yaxshilash sohasida ulkan ishlar amalga oshirilgan, bu ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohalarida izchil ijobiy rivojlanishni ko‘rsatmoqda.

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi I.Xaydarov yangi bozorlarga chiqish uchun to‘qimachilik korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi va O‘zbekiston Ish beruvchilar Konfederatsiyasi raisi sifatida BSCI standartlariga muvofiq ijtimoiy biznes normalariga rioya qilish va munosib mehnat tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birgalikda, Uyushmaning keyingi rivojlanish strategiyasi bo‘yicha taqdimot qildi.
Amfori vakillari “O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga tomonidan uning loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishi uchun minnatdorlik bildirdi. Xususan, Gussi Lareya Amfori tashkilotining taqdimoti o‘tkazdi va tashkilotning asosiy vazifasi bilan tanishtirdi. Shuningdek, soha korxonalari uchun 25 iyun kuni (korxonalar boshqaruv xodimlari vakillari uchun), 28 va 29 iyun kunlari (korxonalar xodimlari uchun) bo‘lib o‘tadigan bir qator treninglar rejasi taqdim etdi va belgilangan dasturga muvofiq tadbirlar Samarqand va Namanganda shaharlarida bo‘lib o‘tishini aytib o‘tdi.
Treninglar 2021 yil noyabrgacha davom etadi. Treninglarda ishtirok etgan korona vakillariga sertifikatlar beriladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar sanoat korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha xar tomonlama keng ish olib borilishiga kelishib oldilar.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Axborot xizmati
tel.:71 202 22 44 (137)
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




