Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Qo‘mitasining 70-sessiyasi doirasida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati va UNECE rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar sanoatni raqamlashtirish va «yashil» energiyani joriy etish sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
UNECE Uyushma rahbariyatiga butun ishlab chiqarish tsiklini kuzatish imkonini beruvchi blokcheyn tizimini joriy etish bo‘yicha UNECEning Pilot loyihasini amalga oshirishda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi. Tomonlar paxta-to‘qimachilik sohasida erishilgan yutuqlar, islohotlar darajasini ham barqarorlik, ham raqamlashtirish nuqtai nazaridan olqishladilar.
UNECE vakillari O‘zbekistonning so‘nggi 5-6 yil davomida erishgan yutuqlarini yuqori ta’kidladilar. UNECE departamenti direktori E.Tyurkning aytishicha, o‘tgan davr O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallab, butun dunyoga ochilayotganini ko‘rsatdi. Mamlakatimizda xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan amaliy islohotlar yaqqol ko‘zga tashlanadi va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar ham tadbirkorlikni rivojlantirish, sarmoyaviy muhitni yaxshilash, mulkni himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilganiga, bu esa o‘z o‘rnida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va barcha fuqarolarning erkin faoliyatining mustahkam huquqiy kafolatini yaratilishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, UNECE texnik ko‘mak dasturi doirasida sanoatni raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarni qisman moliyalashtirishga tayyorligini va xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi. Shuningdek, xorijiy tomon Uyushmaning yaqinlashib kelayotgan Toshkent to‘qimachilik haftaligida ishtirok etish taklifini qabul qildi, unda UNECE vakillari kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha seminar o‘tkazishga kelishib olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




