Sirdaryoliklar bilan birgamiz!
Sardoba aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun respublikamizning turli hududlaridan to‘qimachilik korxonalaridan insonparvarlik yordami Sirdaryoga yetib bormoqda.
Aholiga nafaqat oziq-ovqat balki mavsumiy kiyim-kechaklar ham juda zarur.
Bugun “Ideal Textile Orzu” MCHJ va “Istiqlol Tekstil Dizayn” MCHJ lar tomonidan Sirdaryoda viloyatining Sardoba tumanidagi aholi uchun kiyim-kechak mahsulotlari, jumladan, Pidjak (70 ta), Plash (100 ta), oyoq-kiyim (191 ta), ko‘ylak (484 ta), futbolka (38 ta), pijama (170 ta), shim (477 ta) yuborilgani ma’lum qilindi.
Jami 160 mln.so‘mdan ortiq kiyim-bosh aholiga yetkazildi.
Kuch — birlikdadir deganlaridek, birgalikda katta kuch bo‘lib talofat oqibatlarini yengamiz.
Ramazon kunlarida xolis yordamini ayamayotgan to‘qimachilik va tikuv trikotaj korxonalari rahbarlari va ta’sischilariga “O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




