Shu kunlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Haydarov boshchiligida delegatsiya Koreyaning Seul shahrida bo‘lib to‘ribdi.
Maqsad global to‘qimachilik sanoati sahnasida o‘zbek to‘qimachilik industriyasi Markaziy Osiyo hududidagi sifatli mahsulot yetkazib beruvchi va fashion markazi sifatida tanishtirish.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining rivojlanishida koreyalik hamkorlarning roli beqiyos. Bunga koreyalik investorlar tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyixalari yaqqol misol bo‘la oladi.
2021 yilning 16 noyabr kuni Janubiy Koreyaning Chonju shahrida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati tashrifi doirasida KITECH kompaniyasi tomonidan Koreya kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes-forum tashkillashtirildi.
Tomonlar davomli bo‘lgan pandemiyadan keyingi birinchi uchrashuv muhimligini, Koreya tomoni O‘zbekiston bilan to‘qimachilik sohasida aloqalar o‘rnatish va kelgusidagi ishlarni jaddallashtirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladilar. Tadbir davomida Koreya-O‘zbekiston to‘qimachilik texnoparki faoliyati hamda mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatining yutuq va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Biznes-forumda ishtirok etish uchun tashkilotchilar to‘qimachilik uskunalari, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqaruvchilar, AKT va sun’iy intellekt qo‘llovchi kompaniyalarini ishtirok etishdi. Koreya tomoni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, gazlamalarni bo‘yash, to‘qimachilik uskunalarini yetkazib berish, O‘zbekiston korxonalarida brend mahsulotlarin
i ishlab chiqarishga buyurtmalar berish kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan katta manfaatdor ekanligini bildirdi.
Forum yakunida bo‘yalgan mato ishlab chiqarishda avtomatlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qiluvchi kompaniya (FOUR-ONE SYSTEM), shuningdek, savdo kompaniyasi (JBM KOREA) bilan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni

yo‘lga qo‘yish bo‘yicha B2B muzokaralari o‘tkazildi. O‘zbekistonda, keyinchalik Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish, jumladan, GSP+ imtiyozlar tizimi va Koreya bozorlariga kirish orqali. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha takliflar almashdilar, xususan, koreyalik hamkorlarga to‘qimachilik texnoparki negizida hamkorlik qilish va qo‘shma ishlarni tashkil etish taklif etildi.
Forum ishtirokchilari ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarni o‘rganish va o‘tkazish maqsadida 2022 yilning birinchi yarmida Koreya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga qiziqish bildirishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




