Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida Navoiy shahrida “JANUB SANOAT MONTAJ” aktsiyadorlik jamiyati negizida 350 o‘rinli tikuv tsexi o‘z faoliyatini boshlaydi.
Ma’lumki, mazkur jamiyat myetallokonstruktsilar ishlab chiqarish borasida nafaqat Navoiy viloyati, balki respublikamizdagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi.
Yillik quvvati 10 000 tonnadan ortiq turli hajm va qalinlikdagi metall-konstruktsiyalarni yasash va o‘rnatish imkoniga ega bo‘lgan mazkur korxonada bugungi kunga kelib sendvich panellari hamda temir beton mahsulotlari ham ishlab chiqarilib, muntazam ravishda o‘z buyurtma chilariga yetkazib berilmoqda.
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida yana bir loyihani ishga tushirishni rejalashtirganmiz,- deydi jamiyat rahbari Baxtiyor Agzamov.
Yurtimizda to‘qimachilik sanoati sohasidagi o‘zgarishlar va imtiyozlar bizga tikuv fabrikasini ishga tushirishga turtki bo‘ldi. Kelgusida tikuvchilik korxonamizda barcha turdagi erkaklar va ayollar to‘qimachilik – trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib beriladi.
Buning uchun Xitoy va Turkiya davlatlaridan zamonaviy va innovatsion tikuv mashinalari, bo‘yoq uskunalari, kesuv moslamalari hamda boshqa turdagi zarur asbob- uskunalar keltirildi. Oddiy matodan tayyor kiyim kechaklar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichida qamrab olgan mazkur loyiha ishga tushsa, yana 350 o‘rinli yangi ish joylari yaratiladi va bu navoiyliklar uchun mustaqillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida aytganda, yirik korxonalar negizida tashkil etilayotgan tikuvchilik korxonalari nafaqat hududlar iqtisodiyotining rivojida, balki bandligi ta’minlanmagan opa-singillarimizni ish bilan ta’minlanishida ham muhim omil bo‘lmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








