Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan «Nafosat» festivalining ikkinchi bosqichi Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi.
Festivalning so‘ngi kunida soha mutaxassislari va Namangan muhandislik-texnologiya instituti «Kostyum dizayni» yo‘nalishi talabalari, o‘qituvchilari bilan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar «Istiqlol tekstil dizayn»MCHJ va «Iftixor kiyim sanoat»MCHJ larga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi texnologiya, yangi dizaynlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bu ikkala korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, uning xaridorligi, qolaversa, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarining to‘liq joriy etilganligi, nafaqat O‘zbekistonda, balki chet davlatlarga xam eksport hajmining ko‘payotganligiga sabab bo‘lmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT











