O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida 2023 yil muhim voqea va hodisalarga boy bo‘ldi. So‘ngi 5 yil davomida sohada olib borilgan izchil islohotlar natijasida dunyo hamjamiyati tomonidan ular keng e’tirof etildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlar horijda ommalashib bormoqda.
Ushbu natijalarga erishish uchun qanday ishlar amalga oshirildi?
- Xalqaro standartlarni joriy qilish
Joriy yilda xalqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi va Eksportni rag‘batlantirish agentligi bilan birgalikda jami 60 ta korxonada 7 turdagi standartlar joriy etildi va sertifikatlangan korxonalar soni 2 barobarga oshirildi. Qo‘shimcha ravishda, Amerika bozoriga eksportni kengaytirish maqsadida joriy yilning dekabr oyida 11 ta korxonada AQShning WRAP sertifikati joriy etilishi natijasi O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo balki MDH davatlari ichida birinchilardan bo‘lib, Amerika bozoriga to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishga erishdi.
- Brendlar buyurtmalari asosida mahsulot ishlab chiqarish.
2023 yilda, soha korxonalari tomonidan jami 27 ta Yevropa va Osiyo brendlar ostida mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, yil yakuni bilan brendlarga 1,2 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinishiga olib keldi.
O‘z bozoriga ega halqaro brendlar Cottonella (Italiya), TeamDress va Langheinrich (Germaniya) kompaniyalari O‘zbekistonga 12 mln doll. to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar evaziga “relokatsiya” qilinib, mahsulotlari eksportga yo‘naltirildi.
Shu bilan birga, 2024 yilda Samarqand shahrida 700 dan ortiq brend va riteyl kompaniyalar rahbarlarini O‘zbekistonda birlashtirishga qaratilgan Xalqaro to‘qimachilik va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilari federatsiyalarining anjumanlari ilk bor o‘tkazilishiga erishildi.
III. Eksport bozorlarini kengaytirish.
Hozirda soha korxonalari tomonidan AQSh, Yevropa davlatlari (Germaniya, Italiya, Polsha va boshqalar), Koreya va MDH davlatlarida 80 dan ortiq savdo uylari, vakolatxonalari va agentlik tizimlari faoliyat yuritmoqda va qo‘shimcha ravishda 16 ta korxonalarning savdo uylarini ochish maqsadida ishlar davom ettirilmoqda.
Joriy yilda Germaniya, Rossiya, Frantsiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, AQSh kabi mamlakatlarda 16 ta yirik Xalqaro ko‘rgazmalarda 150 dan ortiq korxonalar ishtiroki ta’minlandi. Qushimcha ravishda Milan, Barselona va Valensiya, Shtutgard, Shanxay, Parij va Lion, Jidda va London shaharlarida biznes-missiyalar tashkil etilib 180 mln.dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.
Qo‘shimcha ravishda elektron tijoratni rivojlantirish natijasida Wildberries, Ozon kabi marketpleyslar orqali 400 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
- Soxada mutuxassis tayyorlash tizimi
Germaniya, Italiya, Bangladesh kabi xorijiy ta’lim tashkilotlari jalb qilinib, 20 ta yirik korxonalarda alohida sinflar tashkil etish orqali soha uchun dual ta’lim shaklida mutaxassislar tayyorlash va ularning malaka va ko‘nikmalarini oshirish yo‘lga qo‘yildi. Germaniyaning Xoxshule Albshtad, Shveytsiyaning Stolgolm universiteti bilan hamkorlikda sohaga kadrlar tayyorlash yuzasidan ish olib borilmoqda.
- Yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish.
Qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va raqobatni oshirish maqsadida joriy yilda 110 ming tonnadan ortiq sun’iy tola va aralash matolar qayta ishlandi. Dasturxon, parda va mebel uchun matolar, maxsus kiyimlar, qoplamalar kabi yangi mahsulotlar ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu ishlar natijasida yil yakuniga qadar 3,5 mlrd. dollar miqdorida eksport ta’minlanishi kutilmoqda.
- Xalqaro bozorlarda o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini ommalashtirish va targ‘ibot qilish
O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida horijiy davlatlarda turli xalqaro brifing va matbuot anjumanlari o‘tkazildi, Forbes, Euronews, Brussel Times, Economista, Fiber2Fashion, TRT, Sourcing Journal kabi 30 dan ortiq yirik nashr va telekanallar bilan hamkorlik o‘rnatildi va O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatidagi yutuqlari yuzasidan 50 dan ortiq maqola, intervyu, lavhalar tayyorlandi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




