2021 yil 17 noyabr kuni «O‘ztoqimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyatining Koreyaga tashrifi doirasida Koreyaning POSCO International kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterini yaratish va mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Koreya tomoni O‘zbekistonga yaqin 2 yilda yangi sarmoya kiritishga, ularni paxta va moyni qayta ishlash zavodi qurish bilan paxta-to‘qimachilik klasteri loyihasini amalga oshirishga va sintetik xomashyodan foydalangan holda to‘qimachilik fabrikasini modernizatsiya qilishga yo‘naltirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, kompaniya PET chiqindilarini qayta ishlash, keyinchalik ulardan to‘qimachilik tolalari ishlab chiqarishda foydalanish loyihasini amalga oshirishdan ham manfaatdor.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, kompaniya vakillari to‘qimachilik sanoatida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazini tashkil etish loyihasi amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha takliflar almashdilar, xususan, koreyalik hamkorlarga Koreya-O‘zbekiston to‘qimachilik texnoparki negizida hamkorlik qilish va qo‘shma ishlarni tashkil etish taklif etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




