Bugun, International Hotel Tashkent mehmonxonasida “O‘zbekiston-Qozog‘iston” biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ikki davlatdan 400 dan ortiq vazirlik va idoralar, biznes vakillari, ekspertlar ishtirok etishmoqda.
Forumni O‘zbekiston Bosh Vaziri o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev ochib berdi. O‘z nutqi davomida J.Xodjayev ikki davlat o‘rtasida iqtisodiyetning turli jabhalarida hamkorlik o‘rnatilganini alohida ta’kidladi va so‘nggi 2 yil mobaynida o‘zaro tovar ayriboshlash 5 lrd.dollarga yaqinlashganligi,va ushbu ko‘rsatgichni 10 mlrd.dollarga yetkazish uchun saloxiyatli yo‘nalishlarda ish olib borilayotganini aytib o‘tdi.
Forumda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov hamda to‘qimachilik sanoati korxonlari ishtirok etishdi va Qozig‘iston Respublikasi Turkiston viloyati akimi Satibaldi Darxan Amangeldiyevich bilan ikkitomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda o‘zbek investorlari ushbu viloyatda to‘qimachilik sanoati fabrikalari tashkil etgan va 1500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratgan.
Turkiston viloyati xokimi O‘zbek to‘qimachilik sanoati investorlarini Turkiston viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni va hamkorlikda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishni taklif qildi.
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 2021 yilda 54,0 mln.doll., 2022 yilning 11 oyida 62.6 mln.doll. tashkil etgan.
Forumdan o‘rin olgan V2V formatida muzokaralar davom etmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




