To‘qimachilik sohasi korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jarayonida ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta’sir yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, to‘qimachilik sohasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida tahsil olayotgan kadrlarni har tomonlama yetuk va malakali etib tayyorlash maqsadida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTESI) o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
2022 yil 26 may kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va TTESI rahbariyati bilan hamkorlikda TTESIning «Mehnat muhofazasi va ekologiya» kafedrasi qoshidagi laboratoriyani rasmiy ravishda ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur laboratoriya Uyushmaning homiyligi asosida so‘nggi rusumdagi zamonaviy anjomlar bilan homiylik asosida jihozlab berildi.
O‘ylaymizki, ushbu laboratoriya kelgusida soha korxonalari uchun ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlab berishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




