Xalqaro mehnat tashkiloti: O‘zbekiston 2020 yilda paxta yig‘im-terimi mavsumi davomida bolalar mehnatidan umuman foydalanmagan

Kecha Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda «Munosib mehnat orqali barqaror rivojlanish sari» mavzusida videokonferentsaloqa shaklida “davra suhbati” o‘tkazildi. Senat axborot xizmati ma’lum qilishicha, tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktorining yordamchisi X.Koller, vazirlik va idoralar rahbarlari chiqish qildi. “Davra suhbati”da…

Kattaqo‘rg‘onga qariyb 7,7 mlrd. so‘mlik traktorlar keltirildi

Paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda sohaga innovatsion asosda yondashilmoqda. Shu maqsadda qishloq xo‘jaligi texnika vositalari parkini zamonaviy texnikalar asosida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Yaqinda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumaniga “AMINA GOLD INBEST” MCHJ tomonidan 20 dona umumiy qiymati 7 milliard 651 million 626 ming so‘mlik zamonaviy haydov traktorlari keltirildi. Kezi kelganda ta’kidlash lozimki,…

“Ideal Textile Orzu” MCHJ va “Istiqlol Tekstil Dizayn” MCHJ: Sirdaryoliklar bilan birgamiz!

Sirdaryoliklar bilan birgamiz! Sardoba aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun respublikamizning turli hududlaridan to‘qimachilik korxonalaridan insonparvarlik yordami Sirdaryoga yetib bormoqda. Aholiga nafaqat oziq-ovqat balki mavsumiy kiyim-kechaklar ham juda zarur. Bugun “Ideal Textile Orzu” MCHJ va “Istiqlol Tekstil Dizayn” MCHJ lar tomonidan Sirdaryoda viloyatining Sardoba tumanidagi aholi uchun kiyim-kechak mahsulotlari, jumladan, Pidjak (70 ta), Plash (100 ta), oyoq-kiyim (191 ta), ko‘ylak (484…

“Arnasoy Gold Tex”: Sirdaryoliklar bilan birgamiz!

Sardobada suv omboridan suv sizib chiqishi oqibatida 11 mingdan ziyod aholi boshpanasiz qolgan. Zarar yetgan uylarni tiklash va talofat oqibatlarini oldini olgunga qadar aholini Sirdaryo viloyatining turli tumanlariga evakuatsiya qilingan. “Arnasoy Gold Tex” korxonasi vakillari birinchi kunning o‘zida talofat joyiga yetib borgan va 600 ta oilani Arnasoy tumanida joylashgan kollejga hokimiyat vakillari bilan birgalikda joylashtirilgan. Hozirda, ushbu aholini “Arnasoy…

Xitoyning AVIC kompaniyasi Qashqadaryoda To‘qimachilik o‘quv va ilmiy markazini tashkil etish loyihasini taqdim etdi

Shu yilning 30 aprel “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati va AVIC International kompaniyasining Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyodagi Bosh vakolatxonasi rahbari Sin Men hamda AEPAC vitse-prezidenti Vang Runlan o‘rtasida videokonferentsiya tashkil etildi va O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlashda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xitoylik mutaxassislar Qashqadaryo viloyatida To‘qimachilik o‘quv-ilmiy markazini tashkil qilish bo‘yicha loyiha taqdimotini o‘tkazishdi. Ushbu loyihada markazning qo‘rilishidan to jihozlashigacha bo‘lgan jarayon…

Shavkat Mirziyoyev: yurtdoshlarimiz chinakam sabr-toqat va mas’uliyat, mehr-oqibat fazilatlarini namoyon etmoqda

Prezident raisligida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalari bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Jumladan, Davlat rahbari qo‘yidagilarni ta’kidladi: — Respublikamizda sanitariya-epidemiologik vaziyat asta-sekin barqarorlashib borayotganini hisobga olib, mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda, karantindan bosqichma-bosqich chiqish bo‘yicha navbatdagi qadamlarni qo‘yish vaqti keldi. Chunki hayot davom etmoqda. Birinchidan, sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasi, ob-havo sharoiti…

O‘zbekistonda eksport faoliyatini moliyalashtirish

O‘zbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sug‘urtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda eksport qiluvchi kompaniyalarning eksport faoliyatlarini moliyalashtirishning yagona manbai bank kreditlari bo‘lib qolmoqda. Tijorat banklari tomonidan savdo kreditlari bilan bir qatorda aylanma mablag‘larini to‘ldirish (xomashyo va materiallar,…