“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi sizni Yangi yil bilan chin dildan tabriklaydi!

2023 yil to‘qimachilik sanoati uchun muvaffaqiyatli va samarali bo‘ldi. Ushbu soha xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etilib, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini jadal rivojlantirish har qanday xorijiy davlatning orzusi ekanligini ta’kidlashdi. Siz bilan birgalikda o‘sishda va yangi marralarni zabt etishda davom etayotganimizdan mamnunmiz. Biz birgalikdagi ishimizni qadrlaymiz va bizga bo‘lgan ishonchingiz uchun tashakkur bildiramiz. Biznesingizda muvaffaqiyatlar, rivoj va…

YOSh VA SHIJOATLI JAMOA BILAN ISHLANG VA RIVOJLANING!

Siz yashin tezligida rivojlanayetgan respublikaning yetakchi to‘qimachilik jamoasiga qo‘shilish istagida bo‘lsangiz unda bu e’lon aynan siz uchun! “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi soliq bo‘yicha malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi. Quyida keltirilgan talablar Sizga mos keladimi unda bizga murojaat qiling. 1. Oliy iqtisodiy ta’lim (moliya, buxgalteriya); 2. Kompyuter dasturlarini bilish (Word, Excel, PowerPoint); 3. O‘zbek, rus va ingliz tillarini…

Sizga “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnalining O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga bag‘ishlangan maxsus sonining e’lonini taqdim etamiz

Ushbu sonda siz sohaning barcha jihatlari bilan o‘zbek, rus va ingliz tillarida tanishishingiz mumkin. Ma’lumki, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida ijtimoiy islohotlar keng targ‘ib etilib, ularni amalda qo‘llashmoqda, shuningdek, gender tengligiga ham rioya qilinmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O‘zbekistondagi Better Work dasturi menejeri bilan intevyudan va standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi maqoladan batafsil bilib…

Paxta kuniga bag‘ishlangan Press tur tashkil etilmoqda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan joriy yil 6-oktyabr kuni OAV vakillari uchun Press-tur tashkil etilmoqda. Press-tur davomida Toshkent va Jizzax viloyatida faoliyat yuratiyotgan paxta yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarning ushbu mavzuga oid fikr-mulohazalarini o‘rganish va OAV vakillarini qiziqtirayotgan savollarga javob olish maqsadida tashkil etilmoqda. Barcha OAV vakillarini ushbu press-turda ishtirok etishingizni kutib qolamiz. Batafsil ma’lumot uchun uyushma…

Xitoy jahon to‘qimachilik uyushmalari va kompaniyalarini jamlamoqda

Soha korxonalari rahbarlari diqqatiga! “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalarini yilning eng kutilgan tadbiri – ITMF konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi. Har yili ITMF konferentsiyasi to‘qimachilik sanoati Policy makerlari, taniqli jahon brendlari va riteylerlar vakillarini jamlaydi. Tadbirda AAFA, EURATEX, CNTAC, Indorama, Amazon, IKEA va boshqa global kompaniyalarning ma’ruzachilari tomonidan an’anaviy bo‘lgan uy to‘qimachiligi, tabiiy va…

Amazon O‘zbekistonda sertifikatlangan to‘qimachilik korxonalari uchun imkoniyatlar ochmoqda

Amazondagi Climate Pledge Friendly dasturi iste’molchilarga ekologik toza mahsulotlarni topish va sotib olishga yordam beradigan dasturdir. Climate Pledge Friendly barqaror rivojlanish standartlariga muvofiq va tabiat dunyosini saqlashga yordam beradigan mahsulotlarni ajratadi. Mahsulotlarni saralash uchun Amazon ishonchli uchinchi tomon sertifikatlari bilan hamkorlik qiladi, jumladan OEKO-TEX® MADE in GREEN va OEKO-TEX® STANDARD 100. Ushbu dasturda OEKO-TEX® STANDARD…

Buyuk Britaniya bozoriga kirish istagi bor to‘qimachilik korxonalari diqqatiga!

2023 yil sentyabr oyida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi reputatsion boshqaruv sohasidagi yirik bo‘lgan “Monfort Communications” kompaniyasi bilan birgalikda Buyuk Britaniyaga biznes missiyasini tashkil qilmoqda. Hamkorlarimiz ko‘magida Angliyada moda va to‘qimachilik sohasidagi bir qator yetakchi ishlab chiqaruvchilar, brendlar, riteylerlar va sorsing kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, agar siz sertifikatlangan ishlab chiqaruvchi bo‘lsangiz, ushbu…

Better Cotton Uzbekistan: 2023-2024 yilgi mavsum uchun boshlang‘ich seminar

2023 yil 13 iyul kuni Toshkentda “Better Cotton” dasturining barcha ishtirokchilari hamda asosiy hamkorlari uchun boshlang‘ich seminar o‘tkazadi. Seminar “O‘zto‘qimachiliksanot” uyushmasi bilan hamkorlikda Jahon banki boshqaruvidagi Ko‘p tomonlama donorlar trast fondi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagilarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar: – Ekologik toza manbalardan olingan paxta riteylerlar va brendlar uchun nimani anglatadi; – Dasturni…

11 iyun – To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati xodimlari kuni!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ-4453-Qarorida iyun oyining 2-yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati xodimlari kuni” deb belgilangan. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi jamoasi tarmoq korxonalarida xizmat qilayotgan yarim millionga yaqin fidokor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaydi! Aziz to‘qimachilik, tikuv-trikotaj sanoati fidoiylari, Sizlarga ulkan zafarlar, mustahkam salomatlik va farovonlik tilaymiz! Yangi…

O‘qishga marhamat! Olmazor yengil sanoat kollejida 2023-2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish boshlandi. Umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar kunduzgi, sirtqi va Dual ta’lim shaklida davlat granti va to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadi.

Kollejda quyidagi yo‘nalishlar mavjud: Kunduzgi va sirtqi 1.Tikuv mahsulotlarini konstruktorlashtirish, modellashtirish texnologiyasi. 2. Tikuvchi. 3. Kompyuter tizimlarida dasturlash. 4. Oshpaz-kandolatchi. 5. Sartarosh-modelyer. 6.  Buxgalter. O‘qish muddati 6 oydan 2 yilgacha.  Qabul onlayn tarzda my.dtm.uz  elektron platformasi orqali xujjat topshirishingiz mumkin. Qabul 2022 yil 10 avgustdan 10 sentyabrgacha. Maktablarning 11–sinfini tamomlagan o‘quvchilari qabul qilinadi. Shuningdek, kollejda…