1 MILLIARD DOLLARLIK MARRA ZABD ETILDI

Joriy yilning 7 oy natijalariga koʻra toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini 1 mlrd. dollardan oshirishga erishdilar. Taʼkidlash kerakki, 2020-yilga koʻzlangan 2,1 mlrd. dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksporti yil boshida karantin cheklovlari bois amalga oshmasligi haqiqatga yaqin edi. Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarda karantin choralari kuchayishi oqibatida yuk tashish narxlarini keskin oshishi va cheklanishi, asosiy bozorlarimiz hisoblangan Xitoy,…

Soʻx tumanida yashovchi fuqarolar uchun bir qator imtiyozlar beriladi

Shavkat Mirziyoyev “2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi. Qarorga koʻra: 👉 Soʻx tumanida 2020-yilda jismoniy shaxslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi; 👉 joriy yil 1-avgustdan boshlab 2021-yil 31-iyulga qadar: ➖ yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi amaldagi qatʼiy belgilangan soliq stavkasining 50…

Kitob oʻqish uchun 10 ta sabab yoki “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasida tashkil etilgan kutubxona haqida

Odamzod paydo boʻlibdiki ilm olish va yangilik yaratishga intilib kelgan. Avval toshlarga, soʻngra turli terilar va qogʻozga oʻrganganlarini muhrlagan. Alisher Navoiy «Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai», deya taʼkidlagan boʻlsa, Amir Temur «Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni oʻrgatuvchi murabbiydir», deya uqtirgan. Koʻp kitob oʻqigan odam tafakkur…

Sanoat korxonalari uchun gigiyena, infeksiya va uning oldini olish boʻyicha qoʻllanma loyihalar ishlab chiqildi

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotiga aʼzo davlatlarning tajribalarini oʻrganib chiqqan holda bir qator qoʻllanma loyihalari ishlab chiqildi. O’z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Turistik industriya ob’ektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir tavsiyalar O’z DSt 37.____ :2020  Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Sanoat korxonalari uchun gigiena, infeksiya va uni oldini…

Oʻzbekistonda bakteriya va virusdan zararlanishni oldini oluvchi tibbiy kombinezonlar yaratildi

Oʻzbek toʻqimachilari 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladilar. Paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qoʻllash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfini oldini oladi. Loyiha tashabbuskori “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Cotton Road” qoʻshma korxonasi boʻlib, hozirgi vaqtda Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan…

Kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish va yana-da rivojlantirishda sohada milliy kadrlar tayyorlash masalasi muhim ahamiyatga ega. Bu borada muayyan ishlar olib borilyapti, jumladan, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlari grantlarini jalb qilgan holda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunga Kor-Uz toʻqimachilik texnoparki yaqqol misol boʻla oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yana-da…

“Crown Agents” xalqaro kompaniyasi toʻqimachilik mahsulotlarini xorijiy bozorlarda ilgari surishga koʻmaklashishga tayyor

2020-yilning 3-iyul kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi koʻmagida tashkil etilgan videokonferensiya doirasida “Crown Agents” xalqaro kompaniyasi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi. “Crown Agents” 1833-yilda Buyuk Britaniyada davlat korporatsiyasi sifatida tashkil etilgan xalqaro kompaniya. Uning 140 dan ortiq mamlakatlarda vakolatxonalari mavjud. Kompaniyaning asosiy maqsadi dunyo miqyosida turli davlatlarga kambagʻallikni qisqartirish, turmush darajasini va farovonligini…

Oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlari Inditex kiyim brendi doʻkonlarida sotiladi(mi)?

Joriy yilning 1-iyul kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamda Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan Ispaniyaning konglomeratlaridan biri boʻlgan “Inditex” kompaniyasining Aloqalar boʻyicha Bosh direktori Xesus Echevarria bilan videokonferensaloqa tashkil etildi. Uchrashuvda, shuningdek, bir qator mahalliy toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilar ham (Aisha Home Textile LLC, Chust Textile LLC, Bofanda JV LLC, Bukhara Cotton Textile LLC, Zarafshon Tekstil LLC, UzTex Group LLC,…

“Oʻzagrotexsanoatxolding” tugatiladi – Prezident qarori

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berildi. Prezident “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasini boshqarish tizimini yana-da takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini boshqarish tizimini yana-da maqbullashtirish va takomillashtirish maqsadida qabul qilindi. Qaror bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berildi. “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik…

Xalqaro Mehnat Tashkiloti: Oʻzbekiston xalqaro hamjamiyatning har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga loyiq ekanligini koʻrsatdi

Oʻzbekiston Respublikasi Toʻqimachilik va tikuvchilik va trikotaj sanoati xodimlari kuni munosabati bilan xalqaro tashkilotlar va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamkor tashkilotlari tomonidan tabriklar kelishda davom etmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti ham ushbu sanaga alohida eʼtibor qaratdi. XMTning Asosiy prinsiplari va huquqlari boʻlimining katta xodimi, Oʻzbekistondagi “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasi koordinatori Franchesko DeOvidio oʻz xatida paxta yigʻim-terimida bolalar va majburiy mehnatga…