Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat inspeksiyasi sohasidagi ikkita konvensiyasi Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi

19-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi uchun Xalqaro mehnat tashkilotining “Sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi 81-sonli (Jeneva, 1947-yil 11-iyul) va “Qishloq xoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi 129-sonli (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) konvensiyalari kuchga kirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Tashqi ishlar vazirligiga koʻra, hozirda ushbu xalqaro shartnomalarda tegishlicha 148 va 54 ta davlat ishtirok etmoqda. Konvensiyalar sanoat,…

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzda zamonaviy ip-yigiruv korxonasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12 noyabr kuni Qashqadaryoga keldi. Davlat rahbari viloyatga safarini Shahrisabz shahridagi Oqsaroy Vortex mas’uliyati cheklangan jamiyatda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda Oqsaroy Group kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Shahrisabz Textile va…

Matbuot anjumani: “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi oʻzbek toʻqimachilik brendlarini Yevropada qanday targʻib qilmoqchi?

Avval xabar berganimizdek, oʻtgan hafta bir guruh kinematograflar Toʻqimachilik sanoati va mahsulotlarini targʻib qiluvchi yangi reklama filmini suratga olish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Film Hermès, Vogue, Dior va Chanel uchun videofilmlarni suratga olayotgan yevropalik mutaxassislar guruhi tomonidan tayyorlanadi. Joriy yilning 9-noyabr kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Yevropada oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlari: yangi reklama filmi va…

Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori Oʻzbekistonda ham aholining sogʻligʻi, jismonan salomatligi, sogʻlom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini koʻrsatdi. COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yoʻllari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan…

Sanoat tarmoqlaridagi natijalar va qo‘shimcha imkoniyatlar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Pandemiya oqibatlari sanoat ishlab chiqarish sur’atlariga ham ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Shu bois davlatimiz tomonidan har bir tarmoqni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi. Karantin davrida ham ishlab chiqarish davom etdi. Bularning natijasida sanoatda…

Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yana-da kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport hajmlarini koʻpaytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, tayyor mahsulot yetkazib beruvchilarni qoʻshimcha moliyaviy va tashkiliy ragʻbatlantirish, shuningdek, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan…

Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash juda muhim. Dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanadi. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7…

7-oktyabr – Xalqaro paxta kuni

Har yili 7-oktyabr kunini Xalqaro paxta kuni sifatida keng nishonlash anʼanaga aylanib bormoqda. Shu kunda oʻtkaziladigan tadbirlar paxtachilikni, paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, sohada oʻtkaziladigan tadqiqotlar va ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash, sohada xalqaro hamkorlikni takomillashtirish va boshqa amaliy choralarni belgilashga qaratilgan. 2019-yilning 7-oktyabrida Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) kotibiyatlari bilan…

Korxonalarda xalqaro standartlar manzilli joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-sentabr kuni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Mahsulotlar sifati va raqobatdoshligini oshirish uchun milliy standartlarni jahon talablariga moslashtirish hamda korxonalarga joriy qilish juda muhim hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda standartlarning 43 foizi xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirilib, ularning soni 12 mingtaga yetkazildi. Bunday ishlar…

Oʻzbekistonda transformer paxta terish mashinasi chiqarilmoqda

10-sentyabr kuni “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJda CNHI (AQSH) kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan TZST CE 220 paxta terish mashinasi OAV vakillariga namoyish etildi. Mazkur CE 220 paxta terish mashinasi transformer shaklida ishlab chiqarilayotgan boʻlib, kuzgi mavsumda paxta terishga ixtisoslashadi, qolgan vaqtda universal-haydov traktori sifatida foydalanish imkonini beradi. Ushbu yangi avlod paxta terish mashinasi ish…