Oʻzbekiston-Xitoy: yutuqlar va yangi loyihalar

Oʻzbekiston-Xitoy biznes forumida toʻqimachilik sanoatidagi hamkorlikka alohida urgʻu berildi. 24-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari tomonidan Oʻzbekiston va Xitoy davlat idora vakillari va nufuzli tadbirkorlar ishtirokida biznes forum boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 30 yilligiga bagʻishlandi. Tadbirda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining birinchi oʻrinbosari Davron Vaxabov qatnashdi…

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi aʼzo korxonalari rahbarlariga

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan koʻp yillik samarali mehnati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki bilan yurt ravnaqi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshayotgan toʻqimachilik sanoati korxonalarining eng namunali xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash yuzasidan takliflar tayyorlanmoqda. Davlat mukofotlariga tavsiya qilinayotgan har bir nomzodni tanlashda adolat, xolislik va qonuniylikni taʼminlash hamda tegishli mehnat jamoalarining…

Toʻqimachilik sanoatida 2021-yil sarhisobi

Matbuot anjumanida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Vaxabov Davron Abdujalolovich va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Matbuot hizmati rahbari, Uyushma raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Kuchkarova Shaxzoda Yokubjanovna ishtirok etdi. Har bir chekka xuddudga tashrif buyursangiz aynan toʻqimachilik fabrikalariga koʻzingiz tushadi. Ohirdi 4 yil ichida Hukumat tomonidan belgilab berilgan rivojlanish strategiyasi bugunga kelib oʻz samarisi berdi. Sanoat…

Germaniyaning Shtutgart shaxrida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining vakolatxonasi ochiladi

5 noyabr kuni To‘qimachilik texnoparkida Gesamtmasche-Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan muhim kelishuv imzolandi. Ushbu vakolatxonaning ochilishi O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari va brendlarini Yevropa bozorlarida o‘z o‘rnini egallashga ulkan turtki bo‘ladi. Vakolatxona bevosita Gesamtmasche konfederatsiyasi binosida joylashishi rejalashtirilgani Germaniyalik xaridorlar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratadi. U yerda O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropaga eksportini…

Tadbirkorlarga yengilliklar berish davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqatidan soʻng quyidagi yengilliklar joriy etildi: eksport va import operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qoʻllanilishi va undirilishi 2021-yil 31-dekabrga qadar toʻxtatildi (PF-6306); ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar (roʻyxat boʻyicha) bojxona toʻlovlaridan ozod etildi (PQ-5262); oʻn ikki oy davomida 1,0 mln.…

Oʻquvchilar uchun Zomin shahri markazida joylashgan “Elephantino” bolalar kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tikuv fabrikasiga sayohat tashkil etildi

Maktab oʻquvchilarini 7-sinfdan boshlab kasbga yoʻnaltirish ishlarini amalga oshirish, yuqori sinflarda zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlar orasida oʻzini-oʻzi band qilish kabi mehnat shakllarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bu borada Zomin tumanidagi 60-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha boʻyicha alohida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bugun ushbu maktabning tikuvchilik…

Atrof-muhit muhofazasi yoʻlida hamkorlik: TADBIRKORLAR VA EKOLOGLAR BIR-BIRINI TUSHUNDIMI?

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan soha korxonalari, Ekologiya qoʻmitasi hamda «Oʻzsuvtaʼminot» AJ bilan hamkorlikda “Atrof-muhit muhofazasi” yoʻnalishida seminar tashkillashtirildi. Mazkur seminarda atrof-muhit muhofazasi boʻyicha belgilangan meʼyoriy talablarga amal qilishda eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan asosiy jihatlar va kuzatilayotgan kamchiliklar yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan fikrlar bildirilib, ularni bartaraf etish boʻyicha yoʻnalishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar va ekologlar atrof-muhit ifloslanishining oldini…

Toʻqimachilik sanoatida talabalarga taʼlim berishda Germaniya tajribasi joriy etilishi

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati Germaniyaning Amaliy Fanlar universiteti professori Marion Xalfman va TITLP vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi, unda talabalarni toʻqimachilik sanoati uchun tayyorlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, professor toʻqimachilik instituti talabalarini Germaniya universiteti dasturi doirasida oʻqishga yuborish, shuningdek, boʻyash, loyihalash, paxtani birlamchi qayta ishlash va toʻqish kabi yoʻnalishlarda qisqa muddatli kurslar tashkil etish imkoniyati…

“Sharq liboslari dizayn markazi” MCHJ tomonidan respublikamizda yashovchi turli millat vakillari milliy kiyimlari tayyorlandi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri — jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, doʻstlik muhitini va koʻp millatli katta yagona oila tuygʻusini mustahkamlash, boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari taqdim etgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida…

Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i Respublikamizning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq…