“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida joylashgan toʻqimachilik korxonalari faoliyati oʻrganilmoqda.

Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “OQTOSH TEKSTIL” MCHJ tomonidan yillik quvvati 3,2 ming tonna momiq sochiq va momiq xalat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etib, amaldagi quvvatlarni 5,3 ming tonnaga yetkazish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunga qadar loyiha tashabbuskorining 3,5 mln.dollar oʻz mablagʻlari hisobidan kommunikatsiya tarmoqlari tortilib, toʻquvchilik, tikuvchilik va omborxona binolari qurib…

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari vakillari toʻqimachilik sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdilar

Ilgari xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillari tarmoqlar salohiyatini oʻrganmoqdalar. Joriy yilning 5-yanvar kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari va savdo maslahatchilari hamda toʻqimachilik sanoati vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etdi. Shuni taʼkidlash kerakki, diplomatik vakolatxonalar vakillari bilan sanoat tashkilotlari oʻrtasida bunday uchrashuv birinchi marta oʻtkazilmoqda.…

Yangi eksport bozorlariga chiqish hukumatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi – Shavkat Mirziyoyev

Yevropa Komissiyasi O‘zbekistonga Umumiy imtiyozlar tizimi “GSP+” ning benefitsiari maqomini berish to‘g‘risida muddatidan oldin qaror qabul qildi. Bu O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqiga bojsiz yetkazib beriladigan tovarlar sonini ikki baravar oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov davlatimiz rahbarining Murojaatnomasini sharhladi. 2020 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga 2021 yil…

Iqtisodiy o‘sish yangi tovarlar ishlab chiqarishni va umumjahon ishlab chiqarish zanjirida yuqoriga qarab ilgarilashni taqozo etadi.

Murojaatnomada ko‘tarilgan yana bir muhim masala – kelgusi yillarda mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash. Prezidentning Murojaatnomasini Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati sharhladi. Murojaatnomada oldinga surilgan yana bir muhim masala – mamlakatimizda kelgusi yillarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atini ta’minlash hisoblanadi. Prezidentimiz aytib o‘tganlaridek, iqtisodiy o‘sish doimiy ravishda yangi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va umumjahon ishlab chiqarish…

Oʻzbekiston 1,2 mlrd dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qildi

Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida 1 mlrd 200 mln 324 ming AQSH dollari qiymatidagi 609,4 ming tonnadan ortiq toʻqimachilik mahsulotlari eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi saytida maʼlum qilindi. Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan respublikadan 5332 tonna koʻp toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilindi. Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, toʻqimachilik mahsulotlarining 32…

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-13-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 14-17-dekabr kunlari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi. Tashrif davomida “LT International Textile”, “Qarshi Terminal”, “Cotton Road”, “Oqsaroy” va boshqa tadbirkorlik subyektlarida ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar, korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar oʻrganildi…

Zamonaviy tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushdi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eshonobod qishlogʻida zamonaviy tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushdi. Aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash orqali ularning turmush farovonligini oshirish “Obod qishloq” dasturining bosh maqsadlaridan biri. Endilikda qishloqda yashovchi chevarlar zamonaviy tikuv korxonalarida mehnat qilib, roʻzgʻoriga baraka kiritmoqda. Olis bir hududda markazdagidan aslo qolishmaydigan…

“Nafosat” festivalining ikkinchi bosqichi Namangan shahrida boʻlib oʻtdi

Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyati targʻibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat” festivalining ikkinchi bosqichi Namangan shahrida boʻlib oʻtdi. Festivalning soʻngi kunida soha mutaxassislari va Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Kostyum dizayni” yoʻnalishi talabalari, oʻqituvchilari bilan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar “Istiqlol tekstil dizayn”MCHJ va “Iftixor kiyim sanoat”MCHJ larga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi texnologiya,…

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga

Muhtaram vatandoshlar! Hurmatli dehqon va fermerlar! Qadrli agroklaster egalari! Avvalo, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirishga ijozat etgaysiz. Ushbu qutlug‘ ayyomda rizq-ro‘zimiz bunyodkorlari – mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi…

Prezident Urganchdagi texnoparkni borib ko‘rdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun Urganch shahridagi texnoparkda bo‘ldi. Hududlardagi «o‘sish nuqtalari»ni ishga solish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida barcha shahar va tumanlarda kichik sanoat zonalari, texnoparklar tashkil etilmoqda. «Urganch» texnoparki joriy yil may oyida foydalanishga topshirilgan edi. Qisqa vaqtda bu yerda ikkita korxona faoliyat boshladi. Ular kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi «Oq oltin mega tekstil»…