“Parvoz Xumo Ravnaq Trans” organik paxta ishlab chiqaradigan xalqaro tan olingan korxonalardan biriga aylandi

Niderlandiyaning sertifikat beruvchi “Control Union” korxonasi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi qoshidagi “Textile Standard Services” korxonasi bilan hamkorlikda “ Parvoz Xumo Ravnaq Trans ” korxonasida GOTS (The Global Organic Textile Standard) organik toʻqimachilik uchun jahon standartini joriy etish boʻyicha ishlar olib bordi. GOTS- xom ashyo yigʻishdan boshlab tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonda toʻqimachilik mahsulotlarining organik usulda ekologik-va ijtimoiy talablarga…

Olmazor yengil sanoat kollejida 25-avgust 2021-yilda “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi yoʻnalishi boʻyicha avgust seminar kengashi” oʻtkazildi.

Seminar kengashda 2021/2022 oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrish, professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan oʻquv-meʼyoriy hujjatlari bilan tanishtirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy yetish masalalari koʻrib chiqildi. Ushbu seminar yigʻilishida “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi Kadrlar va taʼlim muassasalari bilan ishlash…

“Merganteks” rahbari: “Bu e’tirof biz uchun katta sharaf”

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlarining bir guruh vakillariga minnatdorlik tabriknomalari topshirildi. Buxoro viloyatidagi “Merganteks” paxta to‘qimachilik klasteri rahbari Ibrohim Hamroyev “Eng ko‘p ish joylari yaratgan tadbirkor” sifatida taqdirlandi. Muxbirimiz uning fikrlarini yozib oldi. – Faoliyatimizni 1993 yilda 3 kishi boshlaganmiz. Ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga joriy yilda ishchilar sonini 1,5 mingga yetkazishni…

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirish to‘g‘risida farmoyish imzoladi. Iqtisodiyotning ravnaq topishi va yurtimiz barqaror rivojlanishi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, budjet barqarorligini ta’minlash hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirilgan. Ular: “Eng ko‘p ish…

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida Navoiy shahrida “JANUB SANOAT MONTAJ” aksiyadorlik jamiyati negizida 350 oʻrinli tikuv sexi oʻz faoliyatini  boshlaydi

Maʼlumki, mazkur jamiyat myetallokonstruksilar ishlab chiqarish  borasida nafaqat Navoiy viloyati, balki respublikamizdagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Yillik quvvati 10 000 tonnadan ortiq  turli hajm va qalinlikdagi metall-konstruksiyalarni yasash va oʻrnatish imkoniga ega boʻlgan mazkur korxonada bugungi  kunga kelib sendvich panellari  hamda temir beton mahsulotlari ham ishlab chiqarilib, muntazam ravishda oʻz buyurtma chilariga yetkazib berilmoqda. Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida yana…

Fargʻona tumanidagi “Bahodir Logʻon” paxta-toʻqimachilik klasteri bugungi kunda yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Qishloq xoʻjaligi sohasida klaster usulining joriy etilgani bugun katta samara berishni boshladi. Muhimi, xom ashyoni chuqur qayta ishlab, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulot tayyorlash va uni eksport qilishdan katta daromad olinishiga erishilyapti. Xususan, Fargʻona viloyatida 12 ta paxtachilik-toʻqimachilik klasterlari faoliyat koʻrsatmoqda. “Bahodir Logʻon” paxta-toʻqimachilik klasteri jadal rivojlanayotgan boʻlib, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarin bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilmoqda.…

Xorazm viloyatida 812 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari o‘tgan yilning oxirida, 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, infratuzilma inshootlari qurib, turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Taqdimotda, avvalo, shu borada bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Aytib o‘tilganidek, joriy yilning yanvar-mart oylarida…

Qashqadaryo viloyati hamda elektr energiyasi tarmog‘ida amalga oshiriladigan loyihalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda elektr energiyasi tarmog‘ida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Qashqadaryo viloyatida hamma tarmoqlar bo‘yicha salohiyat yuqori. Sanoat uchun zarur xomashyo resurslari, xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilma, qishloq xo‘jaligi uchun yer-suv va tajriba bor. Shulardan kelib chiqib, to‘qimachilik, qurilish materiallari, kimyo va oziq-ovqat sanoati, turizm, uzumchilik, bog‘dorchilik va…

Qoraqalpog‘istonda amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 9-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari 2020-yil 2 oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Shundan so‘ng, mutaxassislar tomonidan har bir shahar va tumandagi imkoniyat va muammolar o‘rganilib, takliflar ishlab chiqildi. Ular asosida,…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi

Hurmatli rais Najot Shamim Xon xonimlari! Hurmatli Oliy komissar Mishel Bachelet xonimlari! Xonimlar va janoblar!   Bugun Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi sifatida ushbu uchrashuvda birinchi marta ishtirok etmoqda. Biz soʻnggi yillar davomida Kengashga aʼzo boʻlish uchun butun masʼuliyatni anglagan holda intilib kelganimizni taʼkidlamoqchiman. Demokratik islohotlarimiz yangi Oʻzbekistonni bunyod etishga qaratilgan boʻlib, bu oʻzgarishlar…