Paxta yigʻim-terimiga oid Hukumat qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining “2020-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: 👉 qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda – 1 000 soʻmdan, ikkinchi terimda – 1 400 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlanadi; 👉 paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir…

Sirdaryoning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida toʻqimachilik sanoati korxonalari ishga tushirilmoqda

Sirdaryo viloyatida suv toshqini oqibatida talofat koʻrgan tumanlarda yangi toʻqimachilik sanoati korxonalari ish boshlash arafasida. Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yirik toʻqimachilik va tikuv-trikotaj loyihalarini foydalanishga topshirish orqali mazkur hudud aholisini yana-da qoʻllab-quvvatlash, ularni doimiy ish bilan bandligini taʼminlashga hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirilishiga imkon beradi. Xususan, Sardoba tumanida “Sardoba Oqsaroy Tekstil” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 5,0 mln.dollar…

Bekobodda hosilni nes-nobud qilmasdan terib olish belgilandi

Bekobod tumani 2020-yil paxta hosili uchun 243 ta fermer xoʻjaliklari hamda APK Bekobod UK klasteri bilan birgalikda 12000 gektar yer maydoniga paxta ekilgan boʻlib, 36300 tonna hosil yigʻib olish rejalashtirilgan. Fermer xoʻjaliklari va APK Bekobod UK klasteri paxta maydonlarida yetishtirilgan hosil tajribali mutaxasisislar tamonidan aprobatsiya, yaʼni hosil miqdori aniqlandi. Mutaxasislar xulosasiga koʻra, 96 ta fermer…

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining Mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga tuhfasi

Mustaqilligimizning 29 yilligi bayrami arafasida 6 ta toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari foydalanishga topshirilishi natijasida 2700 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Bugungi kunda respublikaning deyarli barcha hududlarida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi quvvatlari yaratilmoqda. Ushbu tashkil etilayotgan korxonalar Mustaqilligimizning 29 yilligi bayrami arafasida ishga tushirilishi yurtdoshlarimiz uchun bayram tuhfalaridan biri boʻldi. Jumladan,…

Angliyaning yuqori sudi oʻzbek paxtasini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga qarshi daʼvoni rad etdi

Oxirgi uch yilda amalga oshirilgan paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi kurashga qaratilgan ilgʻor islohotlar manzarasida, oʻtgan oyda Angliyaning yuqori sudi oʻzbek paxtasini Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga import qilishga taʼsir etishi mumkin boʻlgan xalqaro savdo bilan bogʻliq masalani sud tartibida qayta koʻrib chiqish haqidagi 2019-yildagi daʼvoni rad etdi. Sudya Jeyms Xolmenning 2020-yil 23-iyuldagi qarori…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram vatandoshlar! Avvalo, siz azizlarni, koʻpmillatli butun xalqimizni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma toʻqqiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ayni paytda ushbu tantanali marosimni joylardagi studiyalarda, shuningdek, uylarida “oynai jahon” orqali tomosha qilayotgan, mening tabrik soʻzlarimni eshitib turgan moʻtabar otaxon va onaxonlarimizga, munis opa-singillarimizga, aziz yoshlarimizga, barcha-barcha yurtdoshlarimga oʻzimning yuksak…

Bir guruh soha vakillari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimiz “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida ”gi farmonni imzoladi. Sohada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati uchun Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uyushmasi raisi Xaydarov Ilxom Utkurovich “DOʻSTLIK” ordeni…

Oʻzbekiston va Ozarbayjon toʻqimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekistonning Boku shahridagi elchixonasi va Ozarbayjonning Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Made in Uzbekistan. Textile” onlayn biznes forumi oʻz ishini boshladi. Forumning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari oʻrtasida toʻqimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirish, savdo va kooperatsion aloqalarni oʻrnatish uchun yangi imkoniyatlar yaratishdir. Anjumanning onlayn tarzda oʻtgan ochilish marosimida…

Oliy Majlis Senati aʼzosi Buxoro viloyatidagi shifoxonalarga 100 dona kislorod konsentratori olib berdi

Shifoxonalarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun zarur kislorodli konsentratorlarga talab oshdi. Oliy Majlis Senati aʼzosi Nurmuhammad Ochilov xayrli ish tashabbuskori boʻldi. N. Ochilov Xitoydan 100 dona kislorodli konsentrator xarid qilib, ularni Gʻijduvon, Olot, Jondor, Vobkent, Shofirkon tuman va Kogon shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga yetkazishga bosh-qosh boʻldi. — Kasallikka chalingan…

Dunyodagi eng qimmat tibbiy niqobning bahosi qancha?

Isroillik zargarlar oq va qora javohirlar bilan bezatilgan oq oltindan dunyodagi eng qimmat tibbiy niqobni yaratish ustida ishlashmoqda. U taxminan 1,5 million dollarga baholanmoqda, deya xabar berdi “Haaretz” nashri. “18 qirotli oq oltindan yasalgan niqob 3600 ta oq va qora javohirlar bilan bezatiladi hamda buyurtmachining xohishiga qarab oliy sifatli N99 filtri bilan jihozlanadi”, — dedi zargarlik firmasi xoʻjayini…