Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab- quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoniga muvofiq, tashqi savdoni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, mahalliy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarini yanada kuchaytirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytirish maqsadida: 1. Belgilansinki, 2022 yil 1 apreldan boshlab:…

To‘qimachilik sanoatida O‘zbekiston va Kirg‘iziston hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida to‘qimachilik sanoatidagi aloqalari so‘nggi yillarda jadallashgani sir emas. Davlat rahbarining qo‘shni davlatlar bilan qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan siyosati Qirg‘iziston bilan keng ko‘lamdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga omil bo‘ldi.  Va buning natijasida to‘qimachilik sanoatida ham sezilarli natijalarni kuzatish mumkin. Hozirda, qirg‘iz va o‘zbek to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, ishlab…

O‘zbekiston paxtasiga boykotning tugatilgani Amerikalik ekspertlar nigohida

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Amerikaning «Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha Oksus jamiyati» platformasida («The Oxus Society for Central Asian Affairs») «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi tomonidan O‘zbekiston paxtasiga boykotning tugatilishi va o‘zbek to‘qimachilik sanoati istiqbollariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. Tadbirda asosiy ma’ruzachilar Pitsburg universitetining Menejment va bozorlar markazi direktori Jenifer…

Xalqaro mehnat tashkiloti: O‘zbekistonda mehnat munosabatlari tizimi jahon andozasi darajasida

Joriy yilning 31 mart kuni “O‘zbekistonda munosib mehnatni ilgari surish: insonga yo‘naltirilgan yondashuv” mavzusida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti hamkorligida bu kabi xalqaro tadbirlarning o‘tkazilishi an’anaga aylanib bormoqda.   Tadbir mehnat munosabatlarini, birinchi navbatda, munosib mehnat tamoyillarini takomillashtirish jarayonlarida xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishda…

Better Cotton Initiatives tomonidan O‘zbekistonga “BCI paxta” ishlab chiqaruvchisi maqomi berilishi mumkin

BCI – xalqaro notijorat tashkilot bo‘lib, paxta yetishtirish amaliyotini takomillashtirish, jumladan, paxta yetishtirishning atrof muhitga va insonlarga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. H&M, Leviʼs, Adidas, Nike va boshqa shu kabi ko‘plab taniqli kiyim brendlari trikotaj va boshqa mahsulotlarida BCI dasturi bo‘yicha yetishtirilgan paxta xomashyosidan keng foydalanishadi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda BCI ning yangi tayinlangan startaplarni qo‘llab-quvvatlash…

O‘zto‘qimachiliksanoat Yangi O‘zbekiston uchun yosh mutaxassislarni tayyorlamoqda

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan dual ta’lim mexanizmidan foydalangan holda (nazariy qismi ta’lim muassasasi negizida, amaliy qism korxonada) yosh talabalarning qobiliyatini va salohiyatini to‘liq ochib berish borasida bir qator ishlar amalga oshirdi. Misol uchun, Uyushma negizida 12 nafar talaba amaliy tajriba orttirmoqda, mustaqil ko‘nikmalar va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirmoqda, shu jumladan oylik 35 million so‘mdan ortiq maosh…

“Paxta boykotidan xoli: o‘zbek to‘qimachilik sanoati uchun yangi marralar va imkoniyatlar” mavzusida forum

Birinchi Toshkent Xalkaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar o‘z ishini davom ettirmoqda, va 25 mart kuni erta tongdan Biznes-nonushta formatidagi anjumanida “Paxta boykotidan xoli: o‘zbek to‘qimachilik sanoati uchun yangi marralar va imkoniyatlar” mavzusida forum tashkil etildi. Pandemiyadan sung barchani yuzma-yuz karshilash va shu bilan birgalikda istikboldagi yangi loyixalarga muxokama kilish imkoniyatini taqdim etayotgan Toshkent…

O‘zbek paxtasidan boykot yechildi. Sohani nimalar kutmoqda?

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi o‘zbek paxtasini boykot qilish to‘xtatilganini ma’lum qilganidan so‘ng, ko‘plab savollar paydo bo‘ldi: boykot yechilgandan keyin nimalar o‘zgardi, O‘zbekiston uchun qanday imkoniyatlar paydo bo‘ldi? Kun.uz shu mavzuda mutaxassislar bilan suhbatlashdi.     Suhbatdoshlarimiz – “Chust Textile” korxonasi rahbari Jamshid Ismatullayev, “Fratelli casa” brendi sohibi Shohrux Qayumov, “O‘zto‘qimachiliksanoat»” uyushmasi raisi o‘rinbosari Davron Vahobov…

Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qildi

Cotton Campaign koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qildi. Mazkur qaror 2021 yilda mamlakatda paxta yig‘im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan qabul qilindi. Ilk bor o‘zbek paxtasiga 2009 yilda boykot e’lon qilingandi. Mazkur qaror «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi» tomonidan 2021 yilda paxta terimida o‘tkazilgan mustaqil monitoring natijalariga asosan qabul qilingan. Hisobotda…

📣 To‘qimachilik mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalar diqqatiga

Rossiyaga va Ukraina bilan bog‘liq vaziyat va uning oqibatlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi diqqati markazida bo‘lib, doimiy ravishda kuzatib borilmoqda va tahlil etilmoqda. 🔹 Bu borada korxonalar bilan doimiy aloqa o‘rnatilib, ularning eksport shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar, Rossiya rubli bilan bog‘liq hisob-kitoblar, rubl kursining o‘zgaruvchanligi, logistika qiyinchiliklar, kredit to‘lovlari, bozorni saqlab qolish bilan bog‘liq muammolari o‘rganib chiqilyapti va…