Yevropa komissiyasi O‘zbekistonga “GSP+” Preferentsiyalar bosh tizimi benefitsiari maqomini berish to‘g‘risida muddatidan oldin qaror qabul qildi

Joriy yilning 30 noyabr kuni Yevropa komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan “GSP+” Preferentsiyalar bosh tizimi plyus benefitsiar – mamlakati maqomini olish uchun yuborilgan ariza bo‘yicha muddatidan oldin ijobiy qaror qabul qildi. Tegishli hujjat YEI Komissiyasi Raisi Ursula fon der Lyayen tomonidan imzolandi. Qaror Yevropa komissiyasi monitoring guruhlarining O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilish, mehnat standartlariga rioya qilish,…

Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat inspektsiyasi sohasidagi ikkita konventsiyasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi

19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun Xalqaro mehnat tashkilotining «Sanoat va savdoda mehnat inspektsiyasi to‘g‘risida»gi 81-sonli (Jeneva, 1947 yil 11 iyul) va «Qishloq xo‘jaligida mehnat inspektsiyasi to‘g‘risida»gi 129-sonli (Jeneva, 1969 yil 25 iyun) konventsiyalari kuchga kirdi. Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, hozirda ushbu xalqaro shartnomalarda tegishlicha 148 va 54 ta davlat ishtirok etmoqda. Konventsiyalar sanoat, savdo…

Davron Abdujalolovich Vaxabov nomzodi – «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosarligiga ma’qullandi

Davlatimiz Rahbari tomonidan sanoat tashkilotlariga yosh va malakali, shu bilan birga sohada muayyan yutuqlarga erishgan yirik korxona vakillariga ishonch bildirilib, rahbarlik lavozimlariga jalb qilish lozimligi ta’kidlanmoqda. Shu munosabat bilan Vaxabov Davron Abdujalolovich nomzodi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga ma’qullandi va bu taklif Prezidentimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. D.Vaxabov – yosh va malakali, to‘qimachilik sanoatida loyihalarni shakllantirish, texnologik jihatdan mukammallashtirish…

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzda zamonaviy ip-yigiruv korxonasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12 noyabr kuni Qashqadaryoga keldi. Davlat rahbari viloyatga safarini Shahrisabz shahridagi Oqsaroy Vortex mas’uliyati cheklangan jamiyatda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda Oqsaroy Group kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Shahrisabz Textile va…

O‘zbekiston paxtachilik va to‘qimachilik sanoatida sertifikatlash imkoniyatlari

Joriy yilning 10-noyabr kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Paxtachilik sanoatida barqaror rivojlanish va qo‘shilgan qiymatni oshirish” loyihasi doirasida “O‘zbekiston paxtachilik va to‘qimachilik sanoatida sertifikatlash imkoniyatlari” mazusida trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘quv treningi paxtachilik va to‘qimachilik sohasidagi sertifikatlar, ularning O‘zbekiston uchun dolzarbligi va ahamiyati, sertifikatlashtirish tartiblari va asosiy qoidalari hamda mahsulotlarning eksport…

Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i Respublikamizda sog‘liqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, 2025 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini, jismoniy…

Matbuot anjumani: «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi o‘zbek to‘qimachilik brendlarini Yevropada qanday targ‘ib qilmoqchi?

Avval xabar berganimizdek, o‘tgan hafta bir guruh kinematograflar To‘qimachilik sanoati va mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi yangi reklama filmini suratga olish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Film Hermès, Vogue, Dior va Chanel uchun videofilmlarni suratga olayotgan yevropalik mutaxassislar guruhi tomonidan tayyorlanadi. Joriy yilning 9 noyabr kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «Yevropada o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari: yangi reklama filmi…

Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini ko‘rsatdi. COVID-19 koronavirus infektsiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan ko‘plab…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumidagi nutqi

Muhtaram Rais janoblari! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar!   Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumining barcha ishtirokchilarini qutlash menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi. Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Janobi Oliylariga koronavirus oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish va sherikligimizni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan ushbu muhim tadbirda ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildiraman. Jahondagi mushkul vaziyat va…

O‘zbekiston Prezidenti Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 30 oktyabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tgan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Ta’kidlash joizki, ushbu tadbir Prezident Mun Chje In tashabbusi bilan o‘tkazilgan bo‘lib, bu gal uning ishida Qozog‘iston, Turkmaniston va Mo‘g‘uliston yetakchilari ham ishtirok…