“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi va tarmoq korxonalarining 2023 yil davomida sohani rivojlantirishga qaratilgan faoliyatidagi muhim voqealar

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida 2023 yil muhim voqea va hodisalarga boy bo‘ldi. So‘ngi 5 yil davomida sohada olib borilgan izchil islohotlar natijasida dunyo hamjamiyati tomonidan ular keng e’tirof etildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlar horijda ommalashib bormoqda. Ushbu natijalarga erishish uchun qanday ishlar amalga oshirildi? Xalqaro standartlarni joriy qilish Joriy yilda xalqaro standartlar asosida mahsulot…

To‘qimachilik sanoatini transformatsiyasi loyihasi ta’lim, innovatsiya va ishlab chiqarishni birlashtirmoqda

Bugungi kunda, soha vakillari tomonidan to‘qimachilik sanoatida tor doiradagi kadrlar yetishmovchiligi mavjudligi turli bahslarni tug‘dirmoqda. Texnolog, konstruktor, planirovkachi, konstruktor-stilist, dizayner, bo‘yoqchi shular jumlasidan. Ushbu masalani yechimi sifatida bugungi kunda korxonalar Turkiya, Pokiston, Xitoy, Hindiston, Bangladesh kabi davlatlardan mutaxassislarni jalb qilib kelmoqdalar. Mahalliy kadrlarni tayyorlash uchun dastur ishlab chiqish maqsadida va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi konsalting xizmatlarini kengaytirish…

O‘zbekistonda mustaqil akkreditatsiya qilingan tuzilmani yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi

Joriy yilning 24 noyabr kuni Parij shahrida Frantsiyadagi eng yirik laboratoriya va ilmiy tadqiqot instituti – Institut Francais Textile Habillement vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Frantsiyalik hamkorlar O‘zbekistonda sifat va audit infratuzilmasini rivojlantirish, Frantsiyaga eksport qilish uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, O‘zbekistonda frantsuz mutaxassislari ko‘magida auditorlar va komplaens-menejerlarni tayyorlash bo‘yicha mustaqil akkreditatsiyadan o‘tgan tuzilmani yaratish yuzasidan…

20 ga yaqin to‘qimachilik korxonalari vakillari “Brending maktabi” ilk tinglovchilariga aylandi

USAIDning Future Growth Initiative dasturi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamkorligidagi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Brending_maktabi SAMO, Look at me, MilanaTex, Ahsan, TWINS, Bahmal group, G.Studio, Almaz Textile kabi mahalliy brend vakillari katta qiziqish bilan ishtirok etdi va ijobiy natijalarga erishdi. 5 kunlik mahorat darslarini European News Academy eksperti Sergey Stanovkin, Fratelli…

Klaster tizimi joriy etulgunga qadar fermerlar paxtadan daromad ko‘rmas edi

Keyingi yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermerlar mavzusi eng ko‘p ko‘tarilgan mavzulardan biri bo‘ldi. Aslida, fermerni yelkasiga shamol tegishiga aynan klasterlar sababchi emasmi? Yillab yetishtirgan paxtasi uchun haq ololmagan, olsa ham suv tekinga sotib olingan paxta, bugun baland narxda sotib olinmoqda. Prezidentimiz joriy yilning 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotida klasterlar haqida to‘xtalib o‘tgan edi.…

O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlar tizimi asosida Ozarbayjon hududida klaster tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida 21 avgust kuni Boku shahrida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan biznes-forumda “Global Textile”, “TST Group”, “Anteks Group”, “TanTex Group”, “Alliance Textile”, “Zelal Tekstil” “Baraka Teks” kabi salohiyatli o‘zbek to‘qimachilik korxonalari faol ishtirok etdi. Shu bilan birga,…

Germaniyada O‘zbek to‘qimachilik sanoati kunlari bo‘lib o‘tadi

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘mak berish, Yevropa bozoriga kirishda yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va to‘qimachilik mahsulotlari eksportini kengaytirish maqsadida joriy yilning 28 avgustdan 2 sentyabr kuniga qadar Germaniyada O‘zbek to‘qimachilik sanoati kunlari o‘tkazilmoqda. Tadbir “Germaniya-O‘zbekiston hamkorligi” loyihasi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Germaniya trikotaj ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi (Gesamtmache) va Mangold Consulting tomonidan O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi ko‘magida…

«Better Work»: Dasturni O‘zbekistonda amalga oshirish keyingi bosqichlari muhokama qilindi

Yaqinda O‘zbekiston Toshkent to‘qimachilik haftaligi doirasidagi 2-xalqaro konferentsiyada XMT, XMK, O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi (O‘IBK), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida 2023 yil 30 mayda Anglashuv memorandumi imzolanib, «Better Work» dasturi rasman ishga tushirildi. Memorandum imzolanishi natijasida, 13 iyun kuni XMT byurosida O‘IBK va «Better Work» dasturi missiyasi bilan ikki…

Ohangaronda 200 o‘rinli yangi korxona faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “2021-2022 yillarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4916-son qarori tasdiqlangan. Unga ko‘ra, qiymati 4,0 mln.dollar (bank kredit 3,8 mln.dollar, o‘z mablag‘i 0,2 mln.dollar) bo‘lgan to‘qimachilik majmuasini tashkil etish hamda 1000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Ohangaron tumanida joylashgan Sobiq Susam qishloq vrachlik punktining…

Xitoyning eng yirik sintetik tola ishlab chiqaruvchilari shahri delegatsiyasi O‘zbekiston bilan ishlashga qiziqmoqda

Kuni kecha Xitoyning Shaoxing Keqiao Textile City Overseas Market Promotion Association (SKTCOMPA) – 20 dan ortiq gazlama va mato ishlab chiqaruvchi korxonalari vakillari va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, SKTCOMPA 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning eng yirik to‘qimachilik markazida Ketsyao shahrida joylashgan. Uning maqsadi – xitoylik to‘qimachilik kompaniyalarini ilgari surish…