Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyati to‘xtagan tikuv-trikotaj korxonalari faoliyatini tiklash bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari- investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.O‘.Umurzakovning Qoraqalpog‘iston Respublikasida alohida ishlash bo‘yicha topshirig‘i asosida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvatlardan to‘liq foydalanilmayotgan tikuv-trikotaj korxonalari aniqlanib, faoliyatini tiklash bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda. Xususan: Amudaryo tumanida joylashgan «Tamara tekstil» MCHJ korxonasini tegirmon usulida ishlash bo‘yicha Jizzax viloyatida joylashgan «Jizzax Toshtepa» MCHJ korxonasi bilan,…

2022 yil 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi – bu strategik tashabbuslarni amalga oshirishni muhokama qilish va xalqaro biznes xamjamiyatiga O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini namoyish etish uchun yaratilayotgan yangi maydon. 🌏 Forum O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiya jarayoniga qiziqish bildirgan yirik xorijiy investitsiyaviy, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va korxonalar rahbar va vakillarini jalb etishga qaratilgan. 👉 Forumda ishtirok etish uchun www.iift.uz sayti…

Butunjahon ko‘rgazmasida to‘qimachilik sanoati kunlari!

📣#Dubai_Expo_2022 🔷Dubai Expo 2022 – dunyoning eng ko‘p kutilgan va biznes uchrashuvlarga boy yirik loyihasi o‘z ishini boshladi.   Dunyoning kesishish nuqtasiga bo‘lgan Dubay shahri tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni eshigini ochmoqda.   🔷«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi ushbu nufuzli tadbirda qatnashmoqda va 16-20 fevral kunlari ko‘rgazma zallari O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati eksport va investitsiya salohiyatini targ‘ib…

Germaniyaning Trützschler Group tashkiloti bilan muhim kelishuvlarga erishildi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari D.Vaxabov va to‘qimachilik asbob-uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalaridan biri Trützschler Group (Germaniya) rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar davomida erishilgan natijalar: 1. Trützschler Group tomonidan Respublikamizning Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshirilayotgan sun’iy va paxta tolalarini chuqur qayta ishlash loyihalariga umumiy qiymati 110 mln. AQSh doll. miqdoridagi asbob-uskunalarni yetkazib berish shartlari…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Parijning «Première Vision» ko‘rgazmasi rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.

Avval xabar berganimizdek, Frantsiya poytaxti Parij shaxrida dunyoning eng yirik ko‘rgazmalaridan biri “Tex World Evolution Paris” bo‘lib o‘tmoqda, uning doirasida bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazildi hususan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari D.Vaxabov yana bir nufuzli xalqaro ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan «Première Vision» vakillari bilan uchrashdi hamda, ushbu yirik ko‘rgazma ishtroki bo‘yicha kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra xar…

Mahalliylashtirish dasturi doirasida Koreyaning “DGMC” mashinasozlik korporatsiya bilan memorandum imzolandi

Ushbu ikki tomonlama kelishuv keyingi yillarda to‘qimachilik sanoatida texnologiyalar va butlovchi qismlarni respublika hududida ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, Davlat Rahbarining mahalliylashtirish bo‘yicha qaroriga muvofiq yangi loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati va Koreyaning “DGMC” mashinasozlik korporatsiyasining prezidenti Vo-Gak Choy hamda Koreyaning 15 dan ortiq yirik texnologik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Pandemiya…

Melon Fashion Group O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

Rossiyadagi eng yirik kiyim-kechak sotuvchilaridan biri Melon Fashion Group O‘zbekiston to‘qimachilik bozoridagi ishtirokini kengaytirmoqda. Kompaniya o‘zbek xaridoriga yaxshi tanish bo‘lgan “Zarina”, “BeFree”, “Love Republic” va “Sela” kabi mashhur brendlarga ega bo‘lib, bugungi kunda uning Rossiya, Qozog‘iston va Ukrainaning 205 ta shahrida 845 ta do‘konlari, shuningdek, Rossiya bozorida 3-o‘rinni egallaydigan o‘zining «bozori» (market place) mavjud. 2020…

O‘zbekiston-Xitoy: yutuqlar va yangi loyihalar

O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida to‘qimachilik sanoatidagi hamkorlikka alohida urg‘u berildi. 24 yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari tomonidan O‘zbekiston va Xitoy davlat idora vakillari va nufuzli tadbirkorlar ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligiga bag‘ishlandi. Tadbirda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining birinchi o‘rinbosari…

Frantsiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda

2022 yil 21 yanvar kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Frantsiya to‘qimachilik sanoat ittifoqi o‘rtasida videokanferensaloqa orqali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari D. Vaxobov va Frantsiya to‘qimachilik sanoat ittifoqi Vitse-prezidenti N.Blan, O‘zbekistonning Frantsiyadagi elchixona vakillari hamda bir qator soha vakillari ishtirok etdilar. Ikki davlat vakillari tomonidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Frantsiya to‘qimachilik sohasida hamkorligining keng…

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Respublikada mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan holda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning eksportini yanada rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida: 1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda To‘qimachilik sohasini…