To‘qimachilik sohasi qanday qo‘llab-quvvatlanadi

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2022 yildagi «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 556-son qarori qabul qilindi. Prezidentning 21.01.2022 yildagi PF-53-son Farmoniga muvofiq, Eksportni rag‘batlantirish agentligi tarkibida To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan. 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha belgilangan tartibga muvofiq,…

To’qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog’i ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Bosh vazir o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev rahbarligida mamlakat to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Maʼlumot uchun: 2017 – 2022 yillar davomida tarmoqda qiymati 2,9 mlrd dollarlik 340 ta loyiha ishga tushirilib,…

Toshkent to‘qimachilik sammiti – O‘zbekiston xalqaro maydonga o‘rnini mustahkamlamoqda

Toshkent to‘qimachilik sammiti – Markaziy Osiyo miqiyosidagi jahon to‘qimachilik biznesi yetakchilari va mutaxassislarini birlashtiruvchi biznes platformadir. Sammit “Jahon to‘qimachilik bozorida yangi muvozanat – yangi ishtirokchilar va tendentsiyalar” mavzusiga bag‘ishlanadi va tadbir qatnashuvchilarining e’tibori resurslar barqarorligi va kuzatilishi, to‘qimachilikda innovatsiyalar va qayta ishlash masalalariga qaratiladi. Sammit “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,…

Youngone korporatsiyasi Prezidenti Global Textile faoliyati bilan tanishdi

2022 yil 16-tsentabrda Youngone korporatsiyasi Prezidenti va asoschisi janob Sung Ki Xak boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi Global Textile kompaniyalar guruhi korxonalariga tashrif buyurdi. Delegatsiya tashrifi «Fergana Global Textile» to‘qimachilik majmuasidan boshlandi va «Global Textile» kompaniyasi rahbariyati tomonidan taqdimot o‘tkazilib, mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimotdan so‘ng muloqot chog‘ida hamkorlik va tajriba almashish bo‘yicha qator masalalar muhokama…

To‘qimachilik sohasida SHHT mamlakatlari bilan hamkorlik

15-16 sentabr kunlari 14 davlat rahbarlari ishtirok etishi kutilayotgan SHHTning navbatdagi majlisi munosabati bilan O‘zbekiston butun dunyoning diqqat markaziga aylanadi. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti juda katta geografik hududni va dunyo aholisining qariyb yarmini birlashtirgan dunyodagi eng yirik mintaqaviy tashkilotdir. SHHTga a’zo davlatlarning asosiy g‘oyalari va o‘zaro munosabatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlari bilan ifodalash…

Toshkent to‘qimachilik haftaligida “Bellegprom” kontserni vakillari ishtirok etadi

O‘zbekistonning Minskdagi elchixonasi “Bellegprom” kontserni raisi Tatyana Lugina bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Uning doirasida O‘zbekistonda yengil sanoat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi muhim ma’lumotlar taqdim etilgani barobarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi. Xususan gilamchilik, aralash iplar va mato ishlab chiqarish, tayyor…

Toshkentda “DGMC” tashkilotining marketing markazi ochildi

Poytaxtimizdagi O‘zbek-Koreya O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida Janubiy Koreyaning “DGMC” tashkilotining Marketing markazi ochildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov, Janubiy Koreyaning Kyonsan-Pukto provintsiyasi gubernatori Li Chol U, “DGMC” tashkiloti raisi Choi U Gak va boshqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘qimachilik sohasida samarali aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etdi. Iqtisodiy…

Paxtachilik va to‘qimachilik rivoji uchun yangi imkoniyatlar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 iyun kuni paxta hosildorligini oshirish va to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. To‘qimachilik tarmog‘i ham xomashyo, ham eksport, ham aholi bandligida ulkan salohiyatga ega. Faqat ilmga asoslanib samaradorlikni oshirish, jaydari aytganda, “ishning ko‘zini bilish” kerak. Shuning uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan bu sohada to‘liq klaster tizimi joriy etildi.…

Munosib mehnat – Yangi O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini rivojlantirishning asosiy omili

Joriy yilning 27 may kuni Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasida munosib mehnat bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Mamlakat dasturining “Yo‘l xaritasi”ni muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda mamlakatimiz va Xalqaro mehnat tashkilotining ekspertlari, mutasaddi vazirlik va…

O‘zbek to‘qimachilari Yevropaning eng yirik savdo uylari tarmog‘i, Ispaniyaning “El Sorte Ingles” kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

Mamlakatimizdagi korxonalarning xorijiy brendlar ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish bo‘yicha yetakchi kompaniyalar va riteylerlar bilan muzokaralar o‘tkazish borasida olib borilayotgan ishlar natijasida mamlaktimizning Madriddagi elchixonasi tomonidan Ispaniyaning “El Sorte Ingles” kompaniyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘rtasida VKA orqali muzokaralar tashkil etildi. Muzokaralarda ispan tomonidan “El Sorte Ingles” kompaniyasi vakili Pedro Kazero Sanches-Atiyensa (Pedro Casero Sanchez-Atienza) va “Gedepsa”…