Iqtisodiy o‘sish yangi tovarlar ishlab chiqarishni va umumjahon ishlab chiqarish zanjirida yuqoriga qarab ilgarilashni taqozo etadi

Murojaatnomada ko‘tarilgan yana bir muhim masala – kelgusi yillarda mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash. Prezidentning Murojaatnomasini Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati sharhladi. Murojaatnomada oldinga surilgan yana bir muhim masala – mamlakatimizda kelgusi yillarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atini ta’minlash hisoblanadi. Prezidentimiz aytib o‘tganlaridek, iqtisodiy o‘sish doimiy ravishda yangi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va umumjahon ishlab chiqarish…

2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi davom etmoqda:   Qadrli xalq noiblari! Aziz yurtdoshlar! Barchangizga ma’lumki, kirib kelayotgan 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya asosida keng bayram qilamiz. Bugun…

⚡️O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmini oshirdi

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 1,7 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. ❗️Shu o‘rinda qayd etib o‘tish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining to‘qimachilik mahsulotlari eksporti ko‘rsatkichlarida o‘zaro farq borligi ta’kidlandi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida 10 oy yakuni bo‘yicha…

O‘zbekiston 1,2 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 1 mlrd 200 mln 324 ming AQSh dollari qiymatidagi 609,4 ming tonnadan ortiq to‘qimachilik mahsulotlari eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi saytida ma’lum qilindi. Mazkur yilda 2019 yilning aynan shu davriga nisbatan respublikadan 5332 tonna ko‘p to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlarining…

«Nafosat» festivalining ikkinchi bosqichi Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi

Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan «Nafosat» festivalining ikkinchi bosqichi Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi. Festivalning so‘ngi kunida soha mutaxassislari va Namangan muhandislik-texnologiya instituti «Kostyum dizayni» yo‘nalishi talabalari, o‘qituvchilari bilan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar «Istiqlol tekstil dizayn»MCHJ va «Iftixor kiyim sanoat»MCHJ larga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi texnologiya, yangi dizaynlar…

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga

Muhtaram vatandoshlar! Hurmatli dehqon va fermerlar! Qadrli agroklaster egalari! Avvalo, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirishga ijozat etgaysiz. Ushbu qutlug‘ ayyomda rizq-ro‘zimiz bunyodkorlari – mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi…

Prezident Urganchdagi texnoparkni borib ko‘rdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun Urganch shahridagi texnoparkda bo‘ldi. Hududlardagi «o‘sish nuqtalari»ni ishga solish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida barcha shahar va tumanlarda kichik sanoat zonalari, texnoparklar tashkil etilmoqda. «Urganch» texnoparki joriy yil may oyida foydalanishga topshirilgan edi. Qisqa vaqtda bu yerda ikkita korxona faoliyat boshladi. Ular kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi «Oq oltin mega tekstil»…

“Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda…

O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi korxona va tashkilotlar barqaror ishlashini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5285-sonli Farmonining 4-bandi 3-xatboshida tizimli muammolarni bartaraf etish, marketing innovatsiyalarini faol joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy tendentsiyalarni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilangan. Shunga asosan, Respublikamizning to‘qimachilik…

GSP+ O‘zbek to‘qimachilik sanoati uchun ahamiyati

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Sanoat xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi korxonalarni tashkil etish, ishchi o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shu bilan birgalikda, to‘qimachilik sanoati respublika milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik jihatdan muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda sohada sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi.…