Sanoat tarmoqlaridagi natijalar va qo‘shimcha imkoniyatlar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Pandemiya oqibatlari sanoat ishlab chiqarish sur’atlariga ham ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Shu bois davlatimiz tomonidan har bir tarmoqni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi. Karantin davrida ham ishlab chiqarish davom etdi. Bularning natijasida sanoatda…

Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport hajmlarini ko‘paytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, tayyor mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘shimcha moliyaviy va tashkiliy rag‘batlantirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida…

Bugun tug‘ilgan kun! Professor, texnika fanlari doktori Kamilova Xolida Hafizovna qutlug‘ yoshni qarshi olmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatining yorqin namoyondasi, xalqaro moda olami vakili, professor Kamilova Xolida Hafizovna qutlug‘ yoshni qarshi olmoqda. Xolida Hafizovna ish faoliyatini «Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat» institutida boshlab, hozirda ushbu oliygohning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasida mehnat qilib kelmoqda. Ustoz ko‘p yillik ish faoliyati davrida institutning o‘quv jarayonini sifatini ta’minlash borasida ta’lim yo‘nalishlari…

Sardobada zamonaviy korxona ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sardoba Oqsaroy tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. “Oqsaroy klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyat tarkibidagi mazkur korxona yiliga 3,5 million dollarlik tayyor mato va kiyimlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarni 100 foiz eksport qilish mo‘ljallangan. Turkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish o‘rni yaratilgan. Davlatimiz…

Prezident: Klaster va manfaatdorlik – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining kelajagi

Sirdaryo viloyatiga safarini davom ettirar ekan, davlatimiz rahbari Oqoltin tumani “Nurafshon orzu bo‘stoni” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta hosilini ko‘zdan kechirdi. Bu g‘o‘zalarni yetishtirishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Sardoba suv ombori toshqini qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar yetkazgan edi. Xususan, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 20 ming gektarga yaqin ekin maydonini suv bosgandi. Hosilni asrab qolish…

Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash juda muhim. Dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanadi. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada…

Korxonalarda xalqaro standartlar manzilli joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 sentyabr kuni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Mahsulotlar sifati va raqobatdoshligini oshirish uchun milliy standartlarni jahon talablariga moslashtirish hamda korxonalarga joriy qilish juda muhim hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda standartlarning 43 foizi xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirilib, ularning soni 12 mingtaga yetkazildi. Bunday…

1 oktyabrdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

Alohida soliq va bojxona imtiyozlari bekor bo‘lmoqda 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan «Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida»gi 6011-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslardan sotib olinadigan ishlar (xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar — norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar)ga…

Prezident qarori: O‘zbekistonda 2021 yildan yangicha mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinadi

2021 yildan boshlab O‘zbekistonda tashkillashtirilgan holda xorijga ketishdan oldin fuqarolar majburiy tartibda kasb-hunar va tillarga o‘qitilishi joriy etiladi. Qonuniy mehnat migratsiyasi tashkil etilishi uchun xorijiy davlatlar ish beruvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda maxsus markazlar ochiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror bilan xavfsiz, tartibli va…

Andijonda o‘nlab yangi korxonalarning ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyatida Mustaqillik bayrami oldidan sanoat va ijtimoiy soha ob’yektlarini ishga tushirish an’anaga aylangan. Shu kunlarda hududda 50ta ana shunday ob’yektlar ishga tushirilib, ularda 5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 31 avgust kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi ochilayotgan ob’yektlarning ochilish marosimlarida qatnashdi. Xo‘jaobod tumanining chekka qishlog‘ida «Mustahkam tekstil» jamiyati tomonidan tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab…