E’lon: 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan to‘qimachilik korxonalari ishchi-xizmatchilari suhbat asosida talaba bo‘lishi mumkin

“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi tarmoq korxonalarida ishlab kelayotgan ishchi xizmatchilar diqqatiga! Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi, shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlangan. Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim…

Mahalliy to‘qimachilik korxonalari Yevropa bozorini zabt etish davom etmoqda

2022 yil 21 iyun kuni Germaniyada (Frankfurt-Maynda) sanoatdagi eng muhim global tadbirlardan biri bo‘lgan Messe Frankfurtning «Heimtextil» ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ushbu korgazma o‘zining yangi mahsulotlari va tendentsiyalari bilan kelgusi mavsumni ochadi va ko‘rgazma kompaniyalari va butun dunyodan tashrif buyuruvchilarga muhim turtki beradi. Ma’lumot uchun: «Heimtextil» 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun to‘qimachilik va…

O‘zbekiston majburiy mehnatga qarshi kurashishda muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha jahonga namuna bo‘lmoqda

Vashingtonda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro biznes bo‘yicha AQSh Kengashi maydonida Cotton Campaign koalitsiyasining “paxta boykoti” bekor qilingani bilan bog‘liq brifing o‘tkazdi. Unda “Hanesbrands”, “Wallmart”, “Home Depot”, “Target” chakana savdo gipermarketlari tarmoqlari, AQSh to‘qimachilik kompaniyalari manfaatlarini ifodalovchi yuridik va lobbichilik tuzilmalari, “Crowell & Moring”,…

O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati AQShning To‘qimachilik muzeyida namoyish etildi

Jorj Vashington universitetining mashhur To‘qimachilik muzeyida O‘zbekiston to‘qimachilik sohasida birgalikda tijorat va investitsiya loyihalarini amalga oshirish salohiyati namoyish etildi. Taqdimotda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik klasterlari, AQSh to‘qimachilik industriyasi vakillari, O‘zbekiston agrar sektoridagi AQSh investorlari –…

AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva AQSh savdo vakili o‘rinbosari (USTR) Kristofer Uilson bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat boshida AQSh tomoniga majburiy mehnatga qarshi kurashish, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar natijalari haqida batafsil axborot berildi. O‘z navbatida, USTR vakili O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish borasidagi muhim yutuqlarini olqishlar ekan,…

O‘zbekiston Senati Raisi “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” hamraislari bilan uchrashdi

Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Kongressidagi “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” rahbarlari – kongressmen-demokrat Visente Gonsales va respublikachi kongressmen Trent Kelli bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat avvalida AQSh qonunchilari O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarini mamlakatimizda bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga barham berilgani hamda “Cotton Campaign” koalitsiyasi tomonidan o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga qo‘yilgan boykot olib tashlangani bilan…

Amerika kiyim va poyabzal assotsiatsiyasi O‘zbekistonning xalqaro standartlarni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov Oliy Majlis Senati Raisi T.Norbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining AQShda bo‘lishi davomida qator uchrashuvlar va brifing o‘tkazdi. Xususan, Kiyim-kechak va poyabzal uyushmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati salohiyati taqdim etildi. O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda mamlakatimizda paxta yetishtirish va qayta ishlash jarayoniga yangi uslub – klaster yondashuvini joriy etish,…

FVV tomonidan uyushma xodimlariga o‘quv seminar tashkil etildi

Joriy yilning 17 iyun kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 30 maydagi  PF-144-son Farmoni ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti professor o‘qituvchilari ishtirokida “Zilzila, zilzilaning kelib chiqish sabablari, zilzilalar oqibatlarini kamaytirish, zilzila paytida to‘g‘ri xarakatlanish mavzusida o‘quv seminar tashkil…

O‘zbekiston AQShga to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib beruvchi mamlakatga aylanish salohiyatiga ega

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh moda industriyasi uyushmasi (USFIA) prezidenti Juliya Xyuz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida “Cotton Campaign” koalitsiyasi tomonidan “paxta boykoti” bekor qilinishi munosabati bilan Amerika brendlari bilan biznes hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama etildi. USFIA…

Senat Raisi Tanzila Narbayeva AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQShga tashrifning ilk kunida AQSh rasmiylari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazdi. Xususan, AQSh Davlat kotibining Fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashuv chog‘ida…