Jahon hamjamiyati paxta to‘qimachilik klasteri tashabbusini qo‘llab-quvvatlamoqda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati OECDning 10-forumida kiyim-kechak va poyabzal sohasida Due Diligence bo‘yicha so‘zga chiqdi. Unda FLA, programm Better Work va Better Cotton dasturlari, GIZ va Cotton Campaign vakillari ham ishtirok etishdi. Parijda Forum doirasida “O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik klasterlari: Imkoniyatlar va muammolar”mavzusida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus onlayn-sessiya bo‘lib o‘tdi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Xaydarov, Fair Labor…

Marketing mahorati yangi yo‘nalishlarni ochadi

21-22 fevral kunlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Gesamtmasche bilan hamkorlikda o‘z xodimlariga to‘qimachilik sanoatida marketing va promoushn bo‘yicha seminarda o‘z malakalarini oshirish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etdi. Vorkshop xalqaro marketing sohasi eksperti Sven Eriskat tomonidan olib borildi va u marketingning asosiy jihatlarini batafsil taqdim etdi. Ular orasida strategiya va rejalashtirish, yangi bozorlarga kirish va hisobga olinishi kerak…

Muvofiq targ‘ibot strategiya – biznesni rivojlantirishning kalitidir  

To‘qimachilik sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlash doirasida 23 fevral kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi GIZ bilan hamkorlikda qiziqarli seminar tashkil etdi. Tadbir kompaniyalarni xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga tayyorlashga qaratilgan edi. Seminarning asosiy maqsadi – kompaniya va uning mahsulotlarini samarali reklama qilishning asosiy strategiyalarini yetkazishdir. O‘zbekistonning 10 dan ortiq kompaniyalari vakillari maqsadli auditoriyani to‘g‘ri tanlash, ko‘rgazmalarda samarali…

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari dunyoda ommalashmoqda

Ommaviy uzdaily.uz internet nashri xabar berganidek arab tadbirkorlari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini import qilishdan manfaatdor. “Gulf Mysore general trading” kompaniyasining ijrochi direktori hindistonlik Anupam Jeyn Quvaytda hind milliy klassik kiyimlarini sotishga ixtisoslashgan bir nechta “Indian Heritage” do‘konlarini yuritadi. O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasi vakili bilan uchrashuvda u quyidagilarni qayd etdi: Biznesni kengaytirish rejalarini amalga oshirish maqsadida 2024-yil o‘rtalarida…

Raqamli transformatsiya: Barqarorlik, kuzatuvchanlik va shaffoflik

Shubhasiz, to‘qimachilik sanoati – O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri. Uning imkoniyatlari ish o‘rinlari soni bo‘yicha yetakchilikni kafolatlaydi. Soha faol rivojlanmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 5 mlrd. dollarga yetkazish maqsadi qo‘yilgan, tikuv-trikotaj korxonalari quvvatlaridan foydalanish darajasini esa hozirgi 65 foizdan 81 foizga oshirish rejalanmoqda. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom O‘tkurovich HAYDAROV tahririyatimizning tarmoq rivojlanishiga oid…

Germaniya bilan hamkorlikda “Texnologlar maktabi” ishga qo‘yilmoqda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” va Germaniyaning Gesamtmasche uyushmalari hamda Hochschule Albstadt-Sigmaringen universiteti vakillari hamkorlikda Farg‘ona viloyatining “TeamDress” va Namangan viloyatining “Fazman” korxonalarida soha vakillari uchun vorkshop tashkil etdi. Vorkshop davomida ekspert namoyish etgan usullar yordamida tikuv jarayonini optimallashtirish yo‘llari korxonaning ishlab chiqarishini takomillashtirishi va bunda saf-xarajatlar qisqarishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Farg‘ona politexnika universiteti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti…

Katta rezonansga sabab bo‘lgan trening korxona texnologlari orasida keng muhokama qilindi

Avval habar berganimizdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Gesamtmadche taklifiga binoan Germaniyaning trikotaj buyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan Hochschule Albstadt-Sigmaringen universiteti vakillari O‘zbekiston bo‘lib, tikuv korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarida mavjud masalalarda ko‘maklashmoqda. Kuni kecha, “Yustex” korxonasida tashkil etilgan treningda Uztex Group, Haj Textile, Takro Osiyo, Urban Style, Constant Trading, Chirchik Mega Business, Maxmilavi kabi 10 dan oshiq korxona…

Ozarbayjon to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida «O‘zbekiston-Ozarbayjon» investitsiya kompaniyasi bosh direktori janob Nizom Hajiyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon jamg‘armasi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni oshirish maqsadida 2023 yilda tashkil etilgan. Ustav kapitali 500 million dollarni tashkil etadi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining bugungi holati va rivojlanish yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar va to‘qimachilik korxonalarining moliyaviy ehtiyojlarining…

O‘zbekiston va Amerika: to‘qimachilik aloqa nuqtalari

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida 7 fevral kuni “Cotton Council International” kompaniyasining vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv  Uyushma tomonidan AQSh kompaniya va tashkilotlari bilan muhokamalar natijasida tashkil etildi. “Cotton Council International” kompaniyasining Yevropa, Turkiya, Afrika va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vakili Nezixi Aslankezer bilan muzokaralar davomida Amerika paxtasi afzalliklarini sanab o‘tdi va tomonlar paxta tolasini import…

Hochschule Albstadt ishlab chiqarishni takomillashtirish bo‘yicha ToT treninglarini o‘tkazadi

Yustex korxonasida takomillashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ertaga boshlanadi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va yetakchi Hochschule Albstadt to‘qimachilik universiteti hamkorligida tashkil etilgan takomillashtirish bo‘yicha treninglar boshlanadi. Ushbu tadbir “O‘zto‘qimachiliksanoat” va Gesapmtamsche hamkorligida amalga oshirilayotgan muhim GUZ Partners loyihasining bir qismidir. Loyiha tikuvchilik ishlab chiqarishni optimallashtirish sohasida qimmatbaho bilimlarga ega bo‘ladigan to‘qimachilik kompaniyalari xodimlarini tayyorlashga qaratilgan. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan taklif…