Tojikiston to‘qimachilik korxonalarining O‘zbekistonga biznes-tashrifi

Ayni kunlarda Tojikiston respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va Tojikistonning «Gardi 2005» korxonasi rahbariyati O‘zbekistondagi to‘qimachilik korxonalariga O‘zbekistonning paxta tolasini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishda ijobiy tajribasini o‘rganish maqsadida biznes-tashriflar amalga oshirmoqda. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Tojikiston Respublikasidan kelgan korxona rahbarlarini «Zelal tekstil» MCHJ ning ishlab chiqarish jarayonini bilan yaqindan tanishish maqsadida korxonaga tashrifi amalga oshirildi.…

O‘zbekiston 15 davlatga trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan

2022- yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 45,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 8 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan.Trikotaj mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,4 mln AQSh dollariga oshgan. 2022- yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston trikotaj mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar: Rossiya – 14,5 mln…

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi amalda

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning tarakkiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol maxalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturidan kelib chiqqan xolda, 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Davlat dasturida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan bevosita amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 26 ta vazifa…

“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan xamkorlikda “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi – Farg‘ona vodiysida iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va qishloq tadbirkorligini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlarga o‘z biznesini yo‘lga quyishga amaliy va maslahat yordamlarini ko‘rsatish. Ushbu loyiha doirasida Farg‘ona viloyatining…

“Sulton tex group” yangi quvvati ish boshladi

Qarshidagi “Sulton tex group” paxta-to‘qimachilik klasterining yangi quvvati foydalanishga topshirildi. Uning loyihaviy qiymati 17,8 million AQSh dollariga teng bo‘lib, shundan 13,6 million dollar bank krediti, qolgan qismi esa klaster o‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtirildi. Natijada zamonaviy texnologik dastgohlar bilan jihozlangan korxona ish boshladi. Mazkur yangi korxona yiliga 10400 tonna paxtani qayta ishlash quvvatiga ega. U foydalanishga…

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi ishchi guruhi Farg‘ona viloyati bo‘ylab ish safarida

Qo‘shtepada loyiha qiymati 115 million yevro bo‘lgan, qariyb 3000 ta ish o‘rniga ega yirik tekstil-to‘qimachilik korxonasi barpo etilmoqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Raisi o‘rinbosari Baxtiyor Muhammadsaidov tumandagi o‘rganishlari davomida Nurafshon MFYda qad rostlayotgan yirik loyiha “Global Textile Infinity” MCHJda bo‘lib, bu yerdagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi. “Global Textile Infinity” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan to‘qimachilik korxonasi ish boshlasa,…

YETTB va O‘zbekiston ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzovov hamda Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti Odil Reno-Basso o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu uning Bank rahbari sifatida O‘zbekistonga ilk tashrifidir. Tadbirda YETTB va O‘zbekiston o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikning hozirgi holati va aloqani…

Turkiyalik ishbilarmonlar Farg‘ona viloyatida tekstil bo‘yog‘i kimyoviy komponentlari ishlab chiqarishga kirishadi

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi joriy yilning fevral oyi oxirida Turkiyada bo‘lib, bir qator kelishuvlarga erishdi. Bugungi kunda amaliy ishlar bosqichiga o‘tilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik investorlar guruhini qabul qildi. “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida qiymati 20 million dollardan ziyod tikuv-trikotaj majmuasi barpo etish loyihasiga kirishgan Jem Isheri bilan birga tekstil bo‘yoqlari kimyoviy komponentlari ishlab chiqaruvchi…

Frantsiyalik jurnalist va bloggerlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 23 fevral kuni Novastan.org – (Yevropaning yagona ommaviy axborot vositasi) markaziy Osiyo bo‘yicha jurnalistlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga tashrif buyurishdi. Mazkur jurnalistlar yengil sanoat sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish uchun Tashqi ishlar vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xamroxligida to‘qimachilik va tikuv trikotaj korxonalariga olib borildi. Xususan Toshkent shahrida joylashgan “Global textile solution” MCHJ (kalava…