O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida “blockchain” va barqarorlik xaritasi joriy etiladi

Ma’lumki, o‘tgan yillar davomida davlatimiz rahbari tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishlarda mamlakatimizning ayrim hududlarida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining eksportni ko‘paytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Joriy yil aprel oyida “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi tomonidan o‘zbek paxtasi va undan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qo‘yilgan boykot bekor qilindi. Bu tarixiy voqea xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi va majburiy mehnatning…

Misr arab Respublikasidan kelgan mehmonlar navbatdagi “Bukhara cotton textile” MCHJ korxonasiga tashrif buyurdi

Ushbu korxona paxtadan, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonini viloyatning o‘zida amalga oshiradi. Mexmonlarga “B-Jeans” brendi ostida ishlab chiqariladigan djinsi shim va kostyumlarning shov-rumi ko‘rsatildi. Tashrif yakuni bo‘yicha bir oyiga 100,0 ming.dona djinsi mahsulotlari, hamda 100 tonna matodan chiqqan chiqindilarni sotib olish bo‘yicha kelishib olishdi.

Misr to‘qimachalari o‘zbek korxonalari bilan tanishini davom ettirmoqda

🔷Bugun mehmonlarning bir qismi Andijon viloyatidagi “SAMO” va “Fayz-M” korxonalariga borib, korxona rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishdi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishib chiqishdi. 🔷“NIL-GRANIT” (“SAMO”) – trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega zamonaviy dinamik rivojlanayotgan korxonadir. Hozirgi vaqtda assortimentda butun oila uchun turli xil ranglar va naqshlardagi, to‘liq o‘lchamdagi 400 dan ortiq…

O‘zbekiston to‘qimachilari marketpleyslarni o‘zlashtirmoqda

Joriy 2022 yil O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun voqealarga juda boy bo‘ldi: yil boshidan buyon to‘qimachilik forumlari, turli seminarlar, xalqaro ko‘rgazmalar va hamkorlikka manfaatdor xorijiy kompaniyalar, brendlar va riteylerlar bilan ko‘plab uchrashuvlar kabi ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Shu jumladan, yil boshidan buyon turli mamlakatlar delegatsiyalarining tashriflari amalga oshirildi. O‘zbekiston xorijlik hamkorlarni siyosiy-iqtisodiy vaziyatning barqarorligi va barcha sohalarda,…

🇺🇿🇪🇬 Misr to‘qimachilik sanoati vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari tashqi bozorlarga olib chiqish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha Hukumat tomonidan bir qator muhim yo‘nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, yangi bozorlarga chiqishda Afrika, Amerika, Janubiy Osiyo va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash va to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugun Misr Arab Respublikasining yetakchi 25 ta korxonasidan iborat delegatsiya…

Hindistonning to‘qimachilik texnologiyalari sohasidagi ilg‘or tajribasi o‘rganildi

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi shu kunlarda Dehli shahrida bo‘lib o‘tayotgan 31-to‘qimachilik texnologiyalari ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 2001 yildan buyon yiliga ikki marta tashkil etiladigan ushbu tadbir to‘qimachilik texnologiyalari sohasidagi eng yirik ko‘rgazmalardan hisoblanadi. Bu yilgi ko‘rgazmaga tashrif doirasida Hindistonning yirik yigiruv, tikuv, yuvish, to‘qimachilik bosma mashinalari, dazmollar, ip-kalava, mato, to‘qimachilik…

🔹 “Elegant Garment Textile”, “Pronto Textile Group”, “Bonito Group” va “Uztex Group” korxonalariga tashrif

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida xotin-qizlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnatiga munosib ish haqi to‘lash, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalarda ish beruvchilarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha «Parlament so‘rovi» natijalarini o‘rganish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi…

Bitta futbolka uchun 3 yillik chuchuk suv – kiyim-kechak sanoati iqlimni qanday zararlaydi?

O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda issiq kunlar soni odatdagidan 10–15 kunga ko‘paygan. Issiqxona gazlari ortishda davom etaversa, bu raqamlar ham kattalashaveradi. Bugun keragidan ortiqcha kiyim sotib olaverish iqlim o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida so‘z yuritamiz. Maqoladagi raqamlar sizni e’tiborsiz qoldirmasligi aniq. Foto: Alamy Jahonda moda sanoati har faslda odamlarni trendda bo‘lishga chaqirib, tinimsiz harakat qiladi. Ko‘pchilik…

To‘qimachilik sanoati korxonalarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar

Bugungi kunda, mahsulot bo‘yash-pardozlash faoliyatiga ixtisoslashgan to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish jarayonida ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha korxonalarida zamonaviy oqava suv tozalash inshootlarini barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Misol uchun: Toshkent shahrida joylashgan “Real…

Viloyat xokimlari “Global Textile Infinity” korxonasi tajribasi bilan tanishdi

Vodiy durdonasi deya e’tirof etilayotgan “Global Textile Infinity” korxonasi faoliyatiga barchaning nigohi qadalgani sir emas. Viloyat Xokimlari va vazirlik va idoralar rahbarlarining “Global Textile Infinity” korxonasi tashrifi Davlat rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi mobaynida ushbu paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishar ekan, klaster faoliyati namuna bo‘lishi va barcha xokimlar ushbu tajribani o‘rganishi va hududlarda joriy qilishi aytilgan…