Amerika bozoriga kirishning yangi qoidalari

2023-yil 7-9-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan To‘qimachilik xavfsizligi bo‘yicha anjuman davomida Amerika kiyim-kechak va poyabzal uyushmasi (AAFA) tayyor mahsulot uchun barcha taqiqlangan va cheklangan kimyoviy moddalar, poyabzal, aksessuarlar va uy to‘qimachilik to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni o‘z ichiga olgan Cheklangan moddalar ro‘yxatining (RSL) 23-nashrini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat ilk bor kimyoviy sinf sifatida per- va poliftoralkil moddalar (PFAS)…

Yevropaning mashhur brendlarga boy bozori o‘zbek mahsulotlarini qabul qilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil noyabr oyi oxirida Frantsiyaga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirishga turtki bo‘ldi. Yevropa davlatlari, xususan, Frantsiya bilan iqtisodiy faoliyatning faollashuvi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun keng ko‘lamli imkoniyatlar ochmoqda. Frantsiya haqida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda yuqori moda va moda namoyishlarini, shuningdek, moda sanoatining jahon poytaxti bo‘lgan Parijdagi Premiere Vision…

Sertifikatlangan mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini taqdim etishda yangi ufqlar

Ayni paytda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi “To‘qimachilik mahsulotlari xavfsizligi va sifatiga” bag‘ishlangan konferentsiya doirasida AQShda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida uyushmaning mas’ul xodimlari Amerika tashkilot, kompaniya va brendlari vakillari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Shunday qilib, WRAP rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar soha korxonalarini WRAP sertifikatiga tayyorlash, ular uchun 2023-yil 27-martda trening o‘tkazishga kelishib…

Mahsulotlar bozori oldindan tayin

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi Davlatobod tumanidagi «Fazman tekstil» korxonasidan boshlandi. Davlatimiz rahbari har doim mahsulot chiqarishdan oldin bozorini topish, jahon brendlarini olib kelish zarurligini ta’kidlaydi. Xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti natijasida Namangan viloyatida “Waikiki”, “Baldessarini”, “ZARA” kabi brendlar ostida kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. Yaqinda ochilgan “Fazman tekstil”da ham ish shundan boshlandi –…

Prezident Namangandagi yangi sanoat zonasini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Barkamol avlod” kichik sanoat va tadbirkorlik zonasida bo‘ldi. Mamlakatimizda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish uchun joylarda texnopark va kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda. Namangan viloyatida bunday majmualar soni 73 taga yetdi. Barkamol avlod mahallasida ham ishbilarmonlar, hunarmandlar ko‘p. Lekin ular uy sharoitida ishlar, imkoniyatlari cheklangan edi. Shu bois mahalla yonidagi 10 gektarda…

O‘tgan yilgi loyiha – bugun zamonaviy korxona

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi. Davlatimiz rahbari 2022 yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida “Global textile infinity” klasterining ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishgan edi. O‘shandagi ko‘rsatmalar asosida loyiha jadallashtirilib, dekabrda ishga tushirildi. Bu galgi tashrifda Qo‘shtepa tumanidagi mazkur to‘qimachilik korxonasi ko‘zdan kechirildi. Bu yerda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayoni…

Yangi korxonalarda aholi doimiy ish bilan ta’minlanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Bo‘ston tumanidan boshlandi. Bu yerda yaqinda “Sayyora favvorasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan to‘qimachilik korxonasi ishga tushirilgan edi. Umumiy qiymati 113 milliard so‘mlik ushbu loyiha doirasida bino barpo etilib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 turdan ortiq, yiliga 1 million 200 ming dona tayyor trikotaj…

Namanganda dual ta’lim tizimi joriy etiladi

Davlatimiz Rahbari tomonidan 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’tirof etildi. Shu jumladan, 2023-yil 10-yanvardagi 2-sonli Prezident Farmonida dual ta’lim tizimi asosida mutaxassislarni o‘qitish va hududlarda xorijiy ta’limni dasturlari joriy etilishi belgilangan. Aytish joizi, Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi – GIZ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi birgalikda Dual ta’lim tizimini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha loyihalarni…

Art Soft Holding Qirg‘izistonga investitsiya kiritmoqda

Bishkek shahrida o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston-Qirg‘izston biznes forumi O‘zbekiston Respublika Prezidenta Sh.M.Mirziyeyevning Qirg‘izistonga Davlat tashrifi oldidan tashkil etilib, unda bir qator ikki davlat manfaatlariga teng xizmat qiluvchi kelishuvlarga erishildi. Jumladan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Xaydarov boshchiligidagi to‘qimachilik sanoati delegatsiya biznes forumda ishtirok etib, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati rivojlanish istiqbollarini namoyish etdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida mavjud…

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida o‘zaro to‘qimachilik va tikuv -trikotaj mahsulotlari eksporti

Qirg‘iziston davlatiga 2022 yilda 549,0 mln. dollarlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (395 mln. dollar) o‘sish sur’atlari 139,0 foizga yetkazildi. Qirg‘iziston Respublikasiga amalga oshirilgan eksport mahsulotlari tarkibida kalava ip 0,4 foiz (2,2 mln. doll. o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 71,4 foiz), gazlama mato 2,5 foiz (13,9 mln. doll.…