Amerikaning FNL Network kanali orqali xalkaro raqamli modalar xaftaligi (IDFW)ning kuz-qish 2021/2022 mavsumi start oldi

25 fevral 2021 yil  kunlari Amerikaning FNL Network kanali orqali xalkaro raqamli  modalar xaftaligi (IDFW)ning kuz-qish 2021/2022 mavsumi start oldi. Bu raqamli moda xaftaligi butun dunyo bo‘ylab Roku TV, Amazon Fire TV, Apple TV, Android qurilmalari va IOS qurilmalari orqali FNL NETWORK platformasida namoyish etildi va ushbu platformada 6 oy mobaynida translyatsiya qilinadi. Dunyoning 150…

“Nafosat” festivali doirasida yosh dizaynerlar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

24 fevral kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Nafosat” festivali doirasida yosh dizaynerlar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari, institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, soha mutaxassislari va yosh dizaynerlar so‘zga chiqdi. Tadbir avvalida…

Belorussiyaning «Svitanak» korxonasi uchun biznes tur

Mamlakatimiz to‘qimachilik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24 fevral kuni «Svitanak» OAJ (Belorussiya) vakillari O‘zbekistonga korxona direktori Yuriy Lukashevich boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Belorussiya kompaniyasi vakillari tashrifining asosiy maqsadi to‘qimachilik sanoatining yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan ip kalava mahsulotlarini sotib olishdir. Shu munosabat bilan 26 fevral kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi mehmonlarni so‘ralgan mahsulotlar…

O‘zbekiston Yevropaga to‘qimachilik mahsulotlarini muhim yetkazib beruvchisi bo‘lishi mumkin

Yevropa Ittifoqining qator yirik chakana savdo do‘konlari va kiyim-kechak brendlari O‘zbekistondagi to‘qimachilik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqdalar. O‘zbekiston, boshqa jahon ishlab chiqaruvchilaridan farqli o‘laroq, katta afzalliklarga ega: mavjud qo‘shilgan qiymatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjirining mavjudligi; Yevropa qit’asiga yaqinligi sababli mavjud logistika kanallari (tez yetkazib berish muddatlari). Bundan tashqari, O‘zbekiston yangi ishlab chiqaruvchi…

Bangladesh hukumati to‘qimachilik sanoatida loyihalarni moliyalashtirishi mumkin

Bu haqda bugun 23 fevral kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov va Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jahongir Alam (Zahangir Alam) bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi. Uchrashuvdan ko‘zda tutilgan maqsad ehtirom tashrifi bo‘lib, bundan tashqari Bangladeshning to‘qimachilik sanoati va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda istiqbolli loyihalar amalga oshirish bo‘yicha…

Tayyor kiyim-kechaklar eksporti 30 foizga oshdi — Statqo‘m

O‘zbekiston 2020 yilda qiymati 459,3 mln dollarga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qildi. Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu – 2019 yilga nisbatan 30 foizga ko‘p. O‘tgan yili O‘zbekiston tayyor kiyim-kechaklarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar quyidagilar bo‘lgan: Rossiya – 247,2 million; Qirg‘iziston – 170,6 million; Qozog‘iston – 17,5 million; Ukraina – 4,9 million; Tojikiston – 4,8 million; Moldova – 2,6 million; Belarussiya – 2,3 million; Italiya – 2 million. Eksport qilingan tayyor kiyim-kechak…

Innovatsion texnologik usullar korxonalarda amaliyotda sinab ko‘rilmoqda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi izlanuvchilari, mutaxassislari va soha olimlari hamkorligida yaratilgan innovatsion texnologik usullar korxonalarda amaliyotda sinab ko‘rilmoqda. Jumladan, jun, poliester va ipak tolalari aralashmasidan yuqori sifatli yigirilgan ip, polikomponentli gazlama va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega erkaklar kostyumi namunalari ishlab chiqildi. Mazkur aralashmalardan tayyorlangan yigirilgan ip Toshkent viloyatida joylashgan “Osborn Textile” korxonasida, shuningdek uning natijasida olingan polikomponentli…

“Nafosat” festivali Xatirchi tumanida davom etdi

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusi bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Yosh dizaynerlar” kengashi, Navoiy viloyat hokimligi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Navoiy viloyatida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Nafosat” festivali o‘tkazilmoqda. Xususan, Xatirchi tumanidagi Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan hunarmandlar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda…

“Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar: Surxondaryo viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq bilan muloqot qilishning yangicha tizimi – «mahallabay» asosda ish tashkil etish, shu orqali odamlarning dardu tashvishlariga quloq tutish hamda ularni hal etish lozimligi vazifasi qo‘yilgan. Xususan, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan joylarda aholi vakillari bilan muloqot qilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Uyushmaning Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul xodimi Ahad Haqqulov hamda tuman hokimi…

Andijondagi klaster ma’muriyati tomonidan 90 nafar yoshga 10 sotixdan yer ajratib berildi

Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi «Sayyora favvorasi» xususiy korxonasi paxta to‘qimachilik klasteri ma’muriyati tomonidan ishsiz yoshlarning 90 nafariga 10 sotixdan yer ajratib berildi. Mazkur qishloq xo‘jalik klasteri tasarrufidagi Bo‘ston tumanining Ulug‘bek massivida joylashgan 27-bo‘limning 9 gektarlik ekin maydoni tumandagi Maorif, Ko‘hinur, Mustaqillikning 15 yilligi va G‘olib mahalla fuqarolari yig‘inlarining «Temir daftari» ro‘yxatida turgan ehtiyojmand oilalarning 30…