“Saxovat va ko‘mak” tadbirlari davom etmoqda

Urgut tumani hokimligi, “URGUT CHINA CARTONS” MCHJ & “BIBI TEKS” MCHJ, hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi tuman filiali hamkorligida 2-sektor hududida joylashgan “Tersak, Uzunsoy” mahallasida yashovchi “Saxovat va ko‘mak”ga muhtoj oilalarning 14 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari shakllantirilgan ro‘yxat asosida nogironligi bo‘lgan, ehtiyojmand, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va kunlik ishlarda ishlovchi fuqarolarga moddiy yordamlar berildi. Shunday…

Xotira – muqaddas, qadr – aziz!

O‘zbek xalqi azal-azaldan tinchliksevar xalq hisoblanadi. II jahon urushi davrida o‘zbek xalqi metin iroda, kuch, sabr va bag‘rikenglik hislatlarini keng namoyon qilgan. Bejiz shu yillarda Toshkentga Tinchlik va Non shahri maqomi berilmadi.   9 mayni Xotira va Qadrlash kuni yurtimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlab, bu kunning ezgu maqsadi o‘tganlarni yod etish, qariyalar va bemorlar holidan…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi buxgalteriya hisobini yuritish, bank-moliya masalalari, kadrlar bilan ishlash va huquqni qo‘llashda SIZGA yaqindan yordamchi!

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi jamoasi tadbirkorlarimizga barcha turdagi buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlar yuritilishi, kadrlar bilan ishlash, moliyaviy intizomni ta’minlash va huquqni qo‘llash sohasida tarmoq tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ko‘magini taklif qiladi. Bugungi kunda buxgalteriya hisobi va soliq siyosati, bank-moliya hamda huquqni qo‘llash sohasida shiddatli, muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bunday sharoitda dunyoning ilg‘or korxonalari mazkur…

Qishloq xo‘jaligi vazirligi g‘o‘za parvarishi bo‘yicha tavsiya ishlab chiqdi

Mazkur tavsiyada kengligi 60 sm, 76 sm, 90 sm va qo‘shqatorlab ekilgan g‘o‘za qator oralariga ishlov berish, birinchi kultivatsiyani o‘tkazish, yog‘ingarchiliklardan keyin paydo bo‘lgan qatqaloqni yumshatish, g‘o‘za qator oralarida begona o‘tlarni yo‘qotish, dala sathini qatlamlab yumshatish, maxsus chuquryumshatkichlarni ishlatish, sug‘orish egatlarini ochish va mineral o‘g‘it solish, kultivator hamda o‘g‘it solish me’yorlarini sozlash, kultivatorlarni ishlatish tartibi…

QQSni qaytarish bo‘yicha hujjatlarni elektron tartibda taqdim etish qo‘llanmasi

Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarish bo‘yicha hujjatlarni elektron tartibda taqdim etish QO‘LLANMASI 1.  Elektron soliq xizmatlari portali – my.soliq.uz.orqali soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kiriladi. 2.  Hisobotlarni elektron yuborish bo‘limidan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlari” tanlanadi. 3. Ushbu bo‘limdan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkasi bo‘yicha…

To‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq jahon iqtisodiy inqirozining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishdagi salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida: 1. Belgilansinki: mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi; mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020 yil 1 aprelga…

“Poly Tex Sirdarya” MCHJ paxta-to‘qimachilik klasteri: Sirdaryoliklar bilan birgamiz!

To‘qimachilik korxonalari Sardoba tumanidagi mavjud favqulodda vaziyat tufayli suv sizishidan talofat ko‘rgan aholiga yordam berish maqsadida turli xayrli ishlarni amalga oshirishmoqda. “Poly Tex Sirdarya” MCHJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan Sardoba tumanidagi aholi evakuatsiya qilingan punktlarga go‘sht mahsulotlari yetkazib berilganligi xabar qilinmoqda. Paxta-to‘qimachilik klasteri viloyat va tuman hokimliklari bilan hamjihatlikda evakuatsiya qilingan aholini joylashtirishga ko‘maklashmoqda.

To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni to‘qimachilik sanoati barqarorligini ta’minlash, pandemiyaning sohaga ta’sirini yumshatish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatida 2 mingdan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda, ularda 365 ming nafar aholi ishlaydi. Sohaning eksport salohiyati so‘nggi 3 yilda 2 baravar oshdi. O‘tgan yili bu boradagi ko‘rsatkich 1,6 milliard dollarni tashkil etdi. Lekin…