Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Nafosat” festivali bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat” festivali o‘tkazildi. Ushbu festival bugunga qadar bir necha viloyatlarda va tumanlarda o‘tkazilib, hududlardagi yuzlab iste’dodli dizaynerlar va yoshlarni bir necha kunga bo‘lsada birlashib o‘zaro fikr almashishlariga sharoit yaratdi. “Nafosat” festivali, aholi, ayniqsa, yoshlar, tadbirkorlik, dizaynerlik sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, chet ellik…

Buxoro viloyatida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati

Viloyatda 420 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, yiliga 63,4 ming tonna ip kalava, 205,5 mln.kv.m.ip gazlama (respublikada eng ko‘p), 3,4 ming tn. trikotaj mato va momiq mato, 1,7 mln.juft paypoq mahsulotlari, 30,1 mln.dona tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega hamda mavjud ish o‘rinlari 18 700 tani tashkil etadi. 2020 yilda 13…

Ip-kalava eksportiga cheklov o‘rnatilishi mumkin(mi)?

Shu kunlarda to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan ichki bozorda ip kalavaga bo‘lgan talab o‘sib borayotgani va narxlar xam mutanosib ravishda oshishi haqida bahslar bormoqda. Ushbu vaziyatni to‘liq nazorat qilish va eksport kontraktlarini o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari joriy yilning 20 yanvar kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va yirik tarmoq korxonalari ishtirokida bo‘lib utgan onlayn uchrashuvda muhokama qilindi. Uchrashuvda…

“Fratelli Casa” brendi asoschisi Shuxrat Qayumov bilan intervyu

— “Fratelli Casa” hozirda butun O‘zbekistonda ommabop o‘zgacha uslubda va alohida dizaynga xos yoshlar uchun trend hisoblangan brend hisoblanadi. Qisqa vaqt ichida ushbu brend o‘z iste’molchisini topishga ulgurdi. Korxonaning tashkil etilish tarixi qanday kechgan? “Fratelli Casa” brendi shu darajaga erishguncha nimalardan o‘tdi? — Brendimiz 2006 yili tashkil etilgan. 3 yil faqat buyurtma asosida ishlab kelganmiz.…

«Nafosat» festivali Xivada

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusiga binoan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi, Yosh dizaynerlar Kengashi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2021 yilning 14-16 yanvar kunlari Xiva shahrida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Nafosat» festivali o‘tkazilmoqda. Xususan, ijtimoiy hayotda ayollarning o‘rni ortib borgan sari ularning…

Janubiy Koreya Prezidenti O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtirishni tasdiqladi

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini (ESSh) tuzish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi. Bu haqda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In o‘zining koreys xalqiga yo‘llagan Yangi yil murojaatida ma’lum qildi. «Biz Filippin, Kambodja va O‘zbekiston bilan ESSh muzokaralarini tezlashtirish orqali Yangi Janubiy va Yangi Shimoliy siyosat bo‘yicha almashinuv va hamkorlikni kengaytiramiz»,—dedi Koreya Respublikasi Prezidenti. Eslatib o‘tamiz,…

«Nafosat» festivali doirasida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun, 12 yanvar kuni «Nafosat» festivali doirasida yosh dizaynerlar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi mutaxassislari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari va yosh dizaynerlar so‘zga chiqdi. Tadbirda yetakchi o‘zbek brendlari, kiyinish madaniyatini milliy…

Misrning “Octagon for Textile Industries” kompaniyasi bilan hamkorlik uchrashuvi

11 yanvar kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida misrlik tadbirkorlar bilan uchrashuv chogida to‘qimachilik mahsulotlari masalalari muhokama qilindi. Muzokaralarda »Octagon for Textile Industries rahbariyati, Uyushma va «To‘qimachilik mahsulotlari reklama va marketingi agentligi» xodimlari ishtirok etishdi. Ma’lumot uchun: Oktagon To‘qimachilik Sanoati (OTI) 1990- yilda to‘qimachilik savdo kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. Kompaniya yuqori sifatli teksturali neylon, poliyester va boshqa ko‘p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.…

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida joylashgan to‘qimachilik korxonalari faoliyati o‘rganilmoqda.

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “OQTOSH TEKSTIL” MCHJ tomonidan yillik quvvati 3,2 ming tonna momiq sochiq va momiq xalat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etib, amaldagi quvvatlarni 5,3 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunga qadar loyiha tashabbuskorining 3,5 mln.dollar o‘z mablag‘lari hisobidan kommunikatsiya tarmoqlari tortilib, to‘quvchilik, tikuvchilik va omborxona binolari qurib…

«Jahon yuksalish tekstil» MCHJ korxonasi

Namangan shahridagi «Jahon yuksalish tekstil» MCHJ tomonidan yillik quvvati 1000 tonna momiq sochiq ishlab chiqarish hamda 3000 tonna momiq mahsulotlarni bo‘yash loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 2,0 mln.dollarni tashkil etib shundan, 0,5 mln.dollari o‘z mablag‘lari va 1,5 mln.dollari tijorat banklari krediti mablag‘larini tashkil etadi. Ushbu istiqbolli loyiha 2021 yilning…